3.1-rasm Strategik rejalashtirish jarayoni
Mazkur holatda strategiya kelajak uchun umumiy g‘oyani shakllantirshga
imkon berdi. Rejalashtirish jarayonining o‘zi va bevosita strategik reja esa korxonaga
aniqlik, individuallik hadya etib, bu unga ma‘lum turdagi xodimlarni jalb qilish va
boshqa turdagi xodimlarni jalb qilmaslikka imkon beradi. Bu reja korxona uchun
istiqbollar ochib berib, yangi xodimlarni jalb qiladi, mahsulot ishlab chiqarishdan
tashqari uni sotishga ko‘maklashadi.
Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida buzilmasligi, shu
bilan bir paytda zarur hollarda yo‘nalishni o‘zgartirishga moslashgan bo‘lishi lozim.
Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur:
1)
korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bog‘liq joriy vazifalarni bajarishda
to‘siqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash;
2)
strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan hodisa
va tashqi tendentsiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy,
moliyaviy va mehnat resurslarini qanday shakllantirish lozim.
Avvalgi buyruqbozlik tizimidagidan farqli o‘laroq ko‘plab korxonalarda,
ayniqsa, mikrofirma va kichik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi. Biroq korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish xuddi
avvaldagi kabi ko‘rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu ko‘rsatkichlar
sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi.
Miqdor ko’rsatkichlari – absolyut ko‘rsatkichlar bo‘lib, bu qatorga yalpi va
tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki
daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlari nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat
mahsuldorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu
qatorga shuningdek, o‘zaro miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar,
masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig‘imi, mahsulot sifati va boshqalarni
ham kiritish mumkin.