Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
Korxona etikasi 
(yoki o‘zaro aloqalarning ma‘naviy jixatlari) biznesmenning 
vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-
harakatlariga (hulqiga) bo‘lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. 
Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo‘lgan ma‘naviy 
qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, 
hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g‘oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga 
hurmat. 
Missiyani belglashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo‘nalishi ham 
ahamiyatga ega bo‘lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-
harakatlariga jiddiy ta‘sir o‘tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar 
yo‘nalishining oltita turini ajratib ko‘rsatish mumkin (4.1-jadval)
9
.
4.1-jadval.
Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi. 
Yo‘nalish turi
Qadriyatlar kategoriyasi 
Korxona ko‘zlayotgan 
maqsadlar toifalari (tiplari) 
Nazariy 

Haqiqat 

Bilim 

Oqilona fikrlash 
Uzoq muddatli tadqiqotlar 
va ishlanmalar 
Iqtisodiy 

Qulaylik 

Foydalilik 

Boylik jamg‘arish 

O‘sish 

Foyda olish 

Natijalar 
Siyosiy 

Xokimiyat 

Hurmat qozonish 

Kapital 
va 
sotishning 
umumiy xajmi, ishlovchilar 
soni 
Ijtimoiy 

Yaxshi munosabatlar 

Sadoqat 

Nizolarning bo‘lmasligi 

Foydalilikdan 
ijtimoiy 
mas‘uliyatning 
yuqori 
turishi 

Bilvosita raqobat 

Tashkilotdagi 
yaxshi 
muxit 
Estetik 

Badiiy muvofiqlik 

Shakl va o‘lchamlar mosligi 

Tarkib 

Mahsulot dizayni 

Sifat 

Foydani 
kamayishi 
9
Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов 
бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 20 bet 


42 
hisobiga 
bo‘lsa 
ham 
ko‘rkamlikni ta‘minlash. 
Diniy 
Borliq 
bilan 
muvofiqlik, 
kelishuv. 

Etika 

Ma‘naviy muammolar 
Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob‘ro‘sini (marka, imidj) 
shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me‘yor va g‘oyalari majmuasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. U hayotda quyidagilarda o‘z aksini topadi:
-
korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo‘lgan 
tamoyillarda;
-
firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida; 
-
korxonani ko‘rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni 
bezalishi, marosimlar, tashqi ko‘rinishi va x.k. 
Korxona imidji firmaning iste‘molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi 
mas‘uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli 
taassurot uyg‘otishga intilishini aks ettiradi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin