9
I BO’LIM. BOZOR, IQTISODIYOT VA BIZNES
I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES
1.1. Bozor iqtisodi, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari
Inson, insoniy jamiyat va iqtisodiyot bir-biridan ajralmas tushunchalardir.
Iqtisodiyot inson yordamida, uning manfaatlari yo‘lida vujudga kelgan bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida ham ayrim insonlarning, ham butun jamiyatning rivojlanishiga katta
ta‘sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy iqtisodiyot fani
iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash
turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti
jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning
roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo‘lib, u
tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun
majburiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: