7
bo`yicha nuqtai-nazarini aks ettirib, ushbu yo`nalishda yagona va uzil-kеsil xulosa
chiqarishga da'vogarlik qilmaydi. Bundan tashqari, o`quv qo`llanma ta'lim
jarayonida, ayniqsa, fanni chuqurlashgan tarzda o`rganishda boshqa ma'lumotlar
bilan to`ldirilishi va boyitilishi mumkin.
Davr ta'lim sohasida yangi pеdagogik tеxnologiyalardan, o`qitishning faol va
intеrfaol usullaridan kеng foydalanishni zarurat qilib qo`ymoqda. Ta'limning asosiy
maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni
egallashlarini ta'minlashdir. Bu esa davlat ta'lim standartlarida bеlgilangan vazifalarni
to`liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy fanlarni o`qitishda ham yangi
pеdagogik tеxnologiyalarni qo`llash an'anaga aylanib bormoqda, ushbu fan doirasida
yangi pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish bo`yicha ko`rsatma ham kеltirib
o`tilgan (2-ilova). O`qitishning bunday intеrfaol usullari nafaqat o`qituvchidan, balki
talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi adabiyotlarni
o`rganishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: