Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
9.2. Ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi 
 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 
bu belgilangan muddat ichida 
tayyorlanishi mumkin bo‘lgan mahsulot birligi yoki hajmidir. Qisqa vaqt uchun 
olingan korxona quvvatlari doimiy kattalik bo‘lishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish 
hajmi va chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi o‘zgargan sari o‘zgartirishlar 
kiritish zarurligini nazarda tutish kerak.
Korxonaning zarur quvvatlarini aniqlash quyidagilarni hisobga olgan holda 
texnik-iqtisodiy tadqiqotlar davomida amalga oshiriladi:

muayyan mahsulot turi uchun bozorga kirib borish darajasi va talab 
bashorati;

talab qilinuvchi resurslarning mavjudligi;

ishlab chiqarish turi (donalab, seriyali va hokazo);

chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmat turi; 

qo‘llanayotgan texnologiya;

mazkur ishlab chiqarishning o‘zini qoplovchi (rentabelli) minimal hajmi.
Korxonaning 
boshlang’ich
 
(yil boshidagi), 
chiqish
 
(yil oxiridagi), 
o’rtacha 
yillik
va 
loyiha quvvatini
ajratib ko‘rsatish mumkin. Bulardan oxirgisi qurilish 
loyihasida ko‘rsatilgan quvvatdir. Qayta ta‘mirlash, kengaytirish va texnik jihatdan 
qayta jihozlashdan so‘ng loyiha quvvatiga o‘zgartirish kiritish mumkin. Shu sababli 
amaliyotda ko‘pincha loyiha quvvati korxonaning amaldagi quvvati bilan taqqoslab 
ko‘riladi. Korxonaning amaldagi quvvati ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati odatda etakchi (asosiy) tsexlarning 
quvvatiga, tsexlar quvvati esa etakchi uchastkalar quvvatiga, uchastkalar quvvati esa 
etakchi asbob-uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish 
quvvatini belgilab beruvchi asosiy elementlar quyidagilardan iborat: 

asbob-uskunalarning tarkibi va turlari bo‘yicha soni; 

asbob-uskuna, qurilma va stanoklardan foydalanishning texnik-iqtisodiy 
normalari; 

asbob-uskunalarning ishlash vaqti fondi; 

ishchilar soni; 

chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti. 
Korxonadagi etakchi bo‘g‘in (tsex) ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula 
asosida hisoblash mumkin: 


100 
т
maks
М
Ф
n
М


bu erda: 
M - sexning, uchastkaning ishlab chiqarish quvvati, belgilangan o‘lchov 
birligida; 
n - sexda (uchastkada) etakchi asbob-uskunalar soni; 
F
maks
- etakchi asbob-uskuna ishlab berishi mumkin bo‘lgan maksimal vaqt 
fondi, soat; 
M
m
- etakchi asbob-uskunada mahsulot tayyorlash uchun mehnat sig‘imining 
progressiv normasi, soat. 
Korxonada mavjud quvvatlarning ishlab chiqarish dasturiga mos kelishini 
aniqlash uchun o‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab chiqiladi
.

quyidagicha topiladi:
12
12
2
1
.
.
.
.
'
n
М
n
М
М
М
ч
к
b
y
yil
r
o





bu erda:
M
o’r. yil.
- korxonaning o‘rtacha yillik quvvati; 
M
y.b
.
- yil boshidagi korxona quvvati; 
M
k
-
yil davomida kiritilgan quvvat; 
M
ch
- yil davomida ishlab chiqarishdan chiqib ketuvchi quvvat; 
n
1
, n
2
– mos holda quvvatlarni kiritish va chiqib ketishi davridan yil oxirigacha 
bo‘lgan to‘liq oylar soni. 
Quvvatlarni kiritish, chiqib ketishi va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq boshqa tadbirlar ko‘pincha ishlab chiqarish 
quvvatlarining balansini tuzish yo‘li bilan hal qilinadi. Bunda korxonaning zarur 
quvvatlarga ehtiyoji va ularni qoplash manbalari aniqlanadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin