57
sarxadlari sosoniylar taxdidi ostida qolgan edi. SHuning uchun bu ikki sulola O`rtasida raqobatlashish
tabiiy edi. Beshinchi asrning 30-yillaridan to`qnashuvlar sodir bo`ladi.
Sosoniylar davlatning sharqiy viloyatlarini (Seyistondan margiyonagacha bo`lgan xudud)
boshqarganlar. SHu munosabat bilan ular qo`shni o`lka siyosiy, savdo doiralar bilan yaqindan
muomalada bo`lgan. Sosoniylarni mazkur xududlarni boshqargan xukmdorlari
"kushon
xukmdor"lari unvoniga ega bo`lgan. Ammo eftaliylar qudrati oshib. Sosoniylarga qarshi kurashga
kirishishini anglagan Peruz dastlab ularga qarshi urush ochadi, asirga tushib qoladi. Vizantiya
xukmdorlarining yordami bilan ozod qilinadi, keyin yana ikki marta xarbiy yurish uyushtiradi. YAna
asir olinib 30 xachir kumush dirxam evaziga ozod qilinadi.
Eron sosoniylarini kumush tangalari Turkistonga ko`plab keltirilgan. Ularni old tomoniga
shaxanshox tasviri, orqa tomoniga esa ikki soqchi O`rtasida o`tli mexrob tasvirlangan. Ana shunday
dirxamlarga taxlitidan xukmdorlari buxorxudotlar nomida yuritilgan. Amularyo viloyatlari xamda
Buxoro voxasida kumush tangalar zarb qilingan. SHu bois Buxoro tangalari-buxorxudot tangalari
nomini olgan.
Turkistonga Vizantiya tangalari kirib kelib, CHag’oniyon, Sug’d, CHoch va Farg’onada
tanga chiqarishga o`z ta`sirini o`tkazdi. By ta`sir juft tasvirlarning paydo bo`lishida o`z aksini topadi.
Sug’d, CHoch va Xo`jand oralig’ida joylashgan Ustrushon tangalari xam diqqatga sazovordir.
Ularning ayrimlarida Xindiston bilan aloqalarga shama qiluvchi fil tasviri keltirilgan.
Bundan tashqari maxalliy tanga nusxalari xam bo`lgan. By borada "
Xorazm
Dostları ilə paylaş: