2 - Mavzu: Antik davr tangalari. Reja. 1. Antik davlatlarda pul zarb qilishni yo`lga qo`yilishi. 2. Antik davr tangalarining numizmatika fani oldidagi axamiyati. 3. Dastlabki tangalarni muomalada bo`lishi. 4. O`rta Osiyoda tangalar zarb etishning boshlanishi. 5. Grek dirxamlarini muomalada bo`lishi. 6. Xorazmda zarb qilingan tangalar. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti ulkan, poyonsiz yo`llarni bosib o`tdi, taraqqiyotni evolyutsion
yo`li, insoniyatni tsivilizatsiya sari etakladi. Antik taraqqiyotni boshlanishi san`at va madaniyatning
xamma soxalariga ta`sir ko`rsatib, o`zining rivojlanish yo`lida yuqoriga etgan bo`lsa, bu davrda tarix
fanining aloxida bo`limi xisoblangan numizmatika soxasida xam diqqatga loyiq ishlar qilingan.
Metalldan ishlangan pul tanga chaqalarning paydo bo`lishi insoniyat tarixidagi muxim voqealardan
biridir. Ma`lumki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat
yuksak darajasiga erishgandagina
tanga chaqalar kashf etilishi mumkin. Odamlar endi pul tariqasida chorva mollarini ishlatmay
qo`ysalarda, buyumlar narxini ilgarigi odatga kirib qolgan chorva mol narxiga chaqqanlar. Metall
pullar qirqib tortila boshlaganidan keyin, ularni og’irligini ko`rsatib beruvchi belgi sola
boshlaganlar. Belgi solingan pulni paydo bo`lishi xaqida shunday afsonalar saqlangan. Rimliklarni
ko`pdan-ko`p xudolari orasida, ixtirolarni boshqaradigan xudolar xam bor ekan. Uning ikkita yuzi
bo`lib, oti YAnus ekan. Dastlab tanga pulni o`sha YAnus ixtiro qilgan emish. SHuning uchun eski
rim va ital’yan pullarining bir tomonida ikki yuzli YAnus surati, ikkinchi tomonida YAnus tushib
kelgan kema surati zarb qilingan.
Tanga pullarning dastlab qaerda paydo bo`lganligini aniq aytish qiyin. Ammo tanga pulning
nomi "Moneta" ellinlarda tug’ilgan.
Qadimgi Rimliklar xudolarni xammasi er va osmon podshosi YUpiter va uning xotini
YUnon Monetaga bo`ysunadi deb bilganlar.