Ызбекистон тарихи фанидан тайёрланган ы=ув-услубий мажмуа «Ызбекистон тарихи» кафедраси профессор-ы=итувчиларингинг йи\илишида мущокама =илинган ва фойдаланиш учун тавсия этилган


 - mavzu: Arab xalifaligi va Somoniylar davri tangalari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/85
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#43699
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
orta osiyo numizmatikasi va epigrafikasi

 
4 - mavzu: Arab xalifaligi va Somoniylar davri tangalari. 
Reja. 
1. Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo`lgan tangalar. 
2. Arab xalifaligi tomonidan zarb qilingan tangalar. 
3. Somoniylar davri tangalari. 
 
Yettinchi  asrdan  boshlangan  arablar  istilosi  Turkistonni  xam  o`z  domiga    tortdi.  Bu 
ijtimoiy xayotning xamma soxalariga ta`sir ko`rsatish bilan bir  qatorda  tangasozlik soxasida  xam  
muxim bosqich bo`ldi. Arablar  xalifaligi barpo qilingan dastlabki yillarda Vizantiya va Somoniylar  


 
61 
davrida  zarb  qilingan  tangalar savdo muomalasida  ishlatilgan. SHundan  so`ng  xalifalik o`sha 
davr  tangalarini  chiqarishni  davom  ettirgan.  Lekin  tangalardagi  Vizantiya  imperatori    yoki 
Somoniylar xukmdorining tasviri arab yozuvi bilan zarb qilingan. 
Ettinchi asrning  so`ngida  Abdumalik  Umaviy  pul isloxoti o`tkazib, musulmon tangasini 
zarb  qilishga  asos  soldi.SHundan    e`tiboran  tangalar    sof  epigrafik,  ya`ni  ularda  faqat  yozuvlar 
joylashtiriladigan bo`ldi. Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar  xar ikki tomonida  xam tasvirlarni 
yo`qligi  bilan  oldingi  tangalardan  ajralib  turar  edi.  Asta-sekin  yozuvlar    bir    tartibda    yozila 
boshlandi. Tanganing old tomoniga "Lo iloxa illollox", orqa tomoniga esa "Muxammad  olloxning  
rasuli"    degan    yozuvlar  bitilgan.  Aylanma  yozuvlar    ko`proq    suralaridan    iborat.  SHunisi 
muximki. tanganing old tomonida tanganing nomi, zarbxona nomi  xijriy xisob bo`yicha tanganing 
zarb etilgan yili keltirilgan. 
Xalifalikda  oltindan.  kumushdan.  misdan  tangalar  zarb  qilingan  ularning    nomlanishi  
metalga  bog’liq  edi.  Oltin  tangalar  –  dinor,  kumush  tangalar  –  dirxam,  mis  tangalar  -  ful‟s  deb 
atalgan. 
Ilk  musulmon    tangalari  ismsiz  bo`lgan.  Keyinroq  xalifalarning,  noiblarning  va 
xokazolarning  ismlari  paydo    bo`ladi.  Musulmon  tangalardagi  yozuvlar  ko`fiy  usulida 
yozilganligidan  VIII  -  IX  asrlardagi  tangalar  ko`pincha  kufiy  tangalar  deb  yuritilgan.  Dinor  va 
dirxamlarni faqat   dastlabki vaqtlarda xalifalikkina zarb qilish xukukiga ega bo`lgan. Mis  tangani  
esa  vorislar, amirlar tanga chetiga  uz  nomlarini  yozdirib  zarb  qilishlari  mumkin edi. Oltin tanga  
tashki  savdo  uchun  zarb  qilingan  edi.  Xalifalik  savdosida  kumush    tangalar  dirxamlar    pul  
muomalasini    asosini  tashkil  etgan.  Ular  xalifalik  va  uning  xalqaro  savdosini    etarli  darajada 
ta`minlaganlar. 
Movorounnaxrda  arablar    istilosidan      keyingi    dastlabki  vaqtlarda  umumxalifa  tangalari 
bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam muomalada bo`lgan va arablar uz noiblarining  nomlari 
bilan arab yozuvida shunday tangalarni zarb qilganlar. 
Asta-sekin  bu    erlarda      xam    umumxalifalik    tangalari  dirxam,  ful’slar  zarb  qilina 
boshlagan.  VIII-IX  asrlarda  Buxoro.  Samarqand,  SHoshda  SHunday  tangalar  zarb    qilingan. 
Bundan    tashqari  vaqti  -  vaqti  bilan      tangalar      zarb      qiladigan    shaxarlar    xam  bo`lgan.  Mas,: 
Muaskar  ash-shosh(SHosh  kal`asi),    usha  davrdagi  Farg’ona  poytaxti  Axsikent  shunday 
shaxarlardan xisoblanadi. 
Movorounnaxr  xalifalikdan  ajralib  chiqqandan    keyin    Xirot  viloyatidan  kelib  chikkan 
Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va u Toxiriylar sulolasiga  asos  soladi. 
U Bag’dod xalifaligiga   tobe   bo`lib   ichki   siyosatda  mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo`lgan 
Movorounnaxr  noibi  birinchisi    somoniylardan  edi.  Toxiriylar    taxtdan    tushganlaridan  keyin 
Somoniylar mustaqillikka erishganlar. 


 
62 
Toxiriylar tangashunoslik soxasida  dastlab dirxam va mis tangalar zarb qilganlar. Abdulla 
ibn Toxir xukmronligidan  boshlab oltin  dinorlar  zarb  qilingan. 15  dan  ortik zarbxonalar bo`lib, 
vaqti  -  vaqti  bilan      tangalar      zarb      qilingan.  Movorounnaxrning  Samarqand,  Buxoro,  SHosh, 
Madinai ash-SHosh  shaxarlarida, keyinchalik Xorazm zarbxonalarida tangalar zarb qilingan. 
Umumiy ko`rinishi   xusnixat  yozuvlarni  joylashishi  bo`yicha Toxiriylar davlatida zarb 
qilingan tangalar umumxalifalik tangalaridan farq kilardi. 
Birinchi  Somoniylar  faqat  kumush  tanga  zarb  qilish  xukukiga  ega  bo`lganlar.  Ular    zarb  
qilgan mis tangalar - fel’slar tashki ko`rinishi bo`yicha yumaloqqa yaqin xatlari xunuk bo`lgan. 
Somoniylar  xukmronligi    o`rnatilgandan    keyin    Ismoil    ibn  Axmad  davrida  kumush 
tangalar  ko`plab  ishlab    chiqariladi.  Keyinchalik  oltin  tangalar  paydo  bo`la  boshlaydi.  Oltin 
tangalarga  nisbatan  a`lo  sifatli  kumushdan  ko`plab  zarb  qilingan  tangalar  mamlakat  tashqarisiga 
xam chiqib ketgan. 
Somoniylar  tomonidan  zarb  qilingan    tangalardagi  yozuvlar  xuddi  xalifalik  davrida  zarb 
qilingan  tangalardek  edi.  Mis  yoki  kumush  tangalarning  bir  tomonida  bir  yoki  ikki  qator  axyon-
axyonda  uch  qator    yozuvlar    uchraydi.  Dirxamlarda  faqat  Somoniylar  noibining  ismi  yozilibgina 
qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan. 
Somoniylar  davrida  zarb  qilingan  mis  tangalar  tashqi  ko`rinishi  bilan  xam  diqqatga 
sazovordir. Mis tanga ko`proq tarqalgan., ko`p muomalada bo`lishiga qaramay u dirxam va dinorlar 
singari  puxta  ishlangan.  Ulardagi  yozuvlar  xam  chiroyli.  Ayrim  mis  tangalar,  ayniqsa  buxoroda 
zarb qilingan mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga solgan. O`sha 
davrlarda  30dan  ortiq  zarbxonalar  bo`lgan.  Lekin  ular  vaqti  –  vaqti  bilan  qisqa  muddat  ishlab 
keyinchalik yopilgan. 
Somoniy  dinorlari  nisbatan  kichik  ko`lamda    asosan    Turkistondan  tashqarida  zarb 
qilingan, ko`plab Xuroson, ayniqsa Morvarounnaxrda Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan. 
Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil qiymatda – adli va 
pashiz tarzida chiqarildi. 
Somoniylar  davridagi  tadqiqotlar  shuni  ko`rsatadiki.  Tangashunoslik  soxasida  xam  shu 
davrlardan  boshlab  qalbakilashtirish  masalasi  bu  davrda  xam  tangalarni  xar  vaqt  qo`lbola  uskuna 
shtampelda  zarb  etishavergan.  Zarbxona  uskunasi  ular  qo`liga  tushib  qolgan.Tangalarni 
qalbakilashtirish  asrlar  davomida  mo`may  daromad  keltirgan,  shuning  uchun  ular  o`limdan  xam 
qo`rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning qadri yuqori ekanligidan dalolat 
beradi.   

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin