viloyatlarida utadi" deb yozilgan.
Samarqandda zarb qilingan kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarda tojik tilida
yozilgan so`zlar kishini yana xayratga soladi. "Kimda - kim Samarqand va uning chekkalarida ushbu tangani olmasa, u jinoyatchi xisoblanadi" deb yozilgan. Sababi SHundaki avvalgi
xukmdorlar davrida bo`lganidek, mo`g’ullar istilosidan keyin xam dirxamlarni uz qiymatidan
ortikroq yurgizishga majbur qilganlar. Axoli
kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarni olish dan
bosh tortar edilar. SHuning uchun xam Samarqandda tezlikda xaqiqiy kumush tangalar zarb qilindi.
Buxoroda xam axvol shunday tarzda edi.
Movorounnaxrning boshqa viloyatlarida mo`g’ullar xukmronligining biriichi un yilligida
umuman tangalar zarb kilinmadi. Bunday axvol uzoqqa chuzilishi mumkin emas edi. Savdo-sotiq
ishlari mugullar bosib olgan vaqtdagi darajaga etmasada, muomala vositalariga juda muxtoj edi.
XIII asr o`rtadarida oltin tanga dinor zarb qilinib og’ir axvoldan qutulishga urinib
ko`rildi. Dinoplapni Buxoro, Samarqand, Xo`jand, O`tror, Damashq zarbxonalarida chiqara
boshlandi. Dinorlar turli kattaliklarda bo`lgani uchun savdo vaqida ularni kichik - kichik
bo`laklarga bo`lishga to`g’ri kelardi.
Kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarni zarb qilish xam yo`lga qo`yildi. Ularni
Samarqand va Buxorodan tashqari Xujand va O`tror zarbxonalarida chiqara boshlandi.
1317 yili CHigatoy ulusi savdo talablariga javob beradigan darajada pul isloxoti o`tkazildi.
Kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarni ishlatish man qilindi.
Asta-sekin isloxot o`tkazilib. XSH asr oxiriga kelib muvaffaqiyat qozondi. Bir xil sifat va
og’irlikka (2 grammga yaqin) ega bo`lgan dirxamlar, ular qaerda zarb qilinganligidan qat`iy navar
butun mamlakat bo`yicha muomalada bular edi. YAngi-yangi zarbxonalar ishga tushirilib, ular soni
16 taga etdi: Buxoro, Andijon, Qoshg’ar, Marg’ilon, Taroz, Toshkent va xokazolar edi.
1321 yili mo`g’ul xoni Kebekxon o`tkazgan pul isloxoti savdoni rivojlantirish uchun
yanada qulay, imkoniyat yaratdi. SHu davrdan e`tiboran yagona namuna bo`yicha og’irligi 1,4
grammga yaqin bo`lgan kumush dinorlar chiqarila boshlandi. Bir kumush tanga 6 ta dirxamga
to`g’ri kelardi.
Mo`g’ullar davrida O`rta Osiyoda zarb qilingan tangalarda xokimningismi ko`rsatilmagan
bo`lsada. Kebek va uning izdoshi Tarmashirin davrida zarb qilingan tangalarda "Ulug‟larning