5 - mavzu: XI-XIV asrdardagi Movarounnashr tangalari.
Reja.
1. Mamlakatdagi ijtimoiy axvol, tangashunoslikdagi o`zgarishlar.
2. Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalar.
3. Mo`g‟ullar davrida zarb qilingan tangalar.
Somoniylar xukmronligining oxirgi davrlarida, ayniqsa X-asrning ikkinchi yarmiga kelib
mintaqaning Ettisuv qismida shakllangan makondan ko`ra xam kengroq miqyosda siyosiy faoliyat
ko`rsatish imkoni va qudratiga ega bo`lgan yangi siyosiy kuch maydonga chikadi. Biz ularni
Qoraxoniylar nomi ostida bilamiz. "Qaroxon" atamasi xususida "xon" ma`lum tushuncha, ya`ni
xukmdor "Qora"ning asli "Qapo" bir necha ma`noda qo`llanilishi ta`kidlangan xolda, biz
ko`rayotgan misolda "Buyuk", "Ulug‟" tushunchasini beradi.
SHunday qilib X asrning ikkinchi yarmida qoraxoniylar sharqiy yunalishda Balxash ko`li -
CHergen daryosigacha (SHarqiy Turkiston) bo`lgan erlarni buysundirishga muvaffaq bo`lib,
g’arbiy yo`nalishda Isfijob, O`zgan, Murg’ob daryosi quyi oqimlarigacha bo`lgan xududni o`z ta`sir
doirasiga kiritib oladi. 1005 yili Somoniylar siyosiy saxnadan butunlay tushib ketdi, shu vaqtdan
boshlab Qoraxoniylar en va Buxoro, Samarqand umuman Amularyogacha bo`lgan xududlarni
boshqara boshladilar. Boshqacha aytganda XI asr boshlarida Turkiston bir qancha siyosiy kuchlar
tomonidan idora etilgan. SHarqiy Turkiston, Toshkent, Isfijob, Farg’ona, SamarqAnd, Buxoro,
64
CHag’oniyon, Xuttalon viloyatlari Qoraxoniylar, Amularyoning chap soxilidagi erlar to
G’aznagacha Xuroson, Seyiston viloyatlari g’aznaviylar. Xorazm esa Xorazmshoxlar, Orol
dengizidan sharq va shimoldagi erlar o`g’izlar ittifoqi tomonidan boshqarilar edi.
Qoraxoniylar davri iqtisodiy xayotiga e`tibor bersak, dexkonchilik qishloq xo`jalik
ishlarini bir maromda olib borilishi, sun`iy sug’orish inshootlarini qilinishi, savdo-sotiq va
xunarmandchilik soxasida taxsinga sazovor ishlar qilingan.
YUqoridagi ishlarni inobatga olgan xolda tangashunoslik soxasida xam Qoraxoniylar
taxsinga sazovor ishlarni amalga oshirishgan.
Qoraxoniylar tangasi somoniylar tangasidan yozuvining nafisligi va umuman bezaklarning
xilma-xilligi xamda sifatliligi bilan ajralib turadi. Kamdan-kam xollarda fil, yo`lbars,
arslon, qoplon, quyon, qushlar , xatto baliq tasvirlangan. Qoraxoniylar mavjudodni tasvirlashni
islom dinida ma`kul ko`rilmasligidan yaxshi xabardor bo`lganliklari uchun mavjudod rasmlari
ichki bozorda ishlatish uchun chiqariladigan chaqalardagina berilgan.
Qoraxoniylar mis, kumush tangalar, XII asrning O`rtalariga kelib oltin tangalar xam zarb
qilganlar.
Ayni vaqtda Qoraxoniylar davridan 40 dan ortik zarbxonalar fanga ma`lum. mas,:
Axsikent. Bolasog’un, Barob, Barsxon (Issiqko`l janubida) va boshqalar. SHu takidlash joizki bir
zarbxona bir necha nomlarda tanga zarb qilgan bo`lishi mumkin. Mas,: Ko`zo`rda va Bolasog’un
nomi bitta shaxarga tegishli. Lekin Somoniylar davriga nisbatan Movorounnaxrda zarbxonalarni
ko`payganligi shubxasiz, zarbxonalar uncha katta bo`lmagan ularni tashkil etish uchun ko`p
mablag’ sarf etish talab qilinmagan.
Qoraxoniylar davlatini salmog’i ular zarb etgan XI asrning kumush tangalaridagi yozuvlar
ma`nosida xam aks etgan. XI asr kumush tangalarida bu davrga kelib, musulmonlar dunyosining
diniy boshlig’i Bag’dod xalifasining nomi butun Qoraxoniylar davlatining xokimi, SHuningdek
uning vassali shaxar yoki viloyat xokimining va tanga zarb qilingan joy ko`rsatilgan.
Mis tangalardagi yozuvlar kumush tangalardagi yozuvlardan farq qiladi. Ularda xalifaning
nomi ko`rsatilmay, faqat tanga zarb qilingan shaxar yoki viloyat xokimining nomi. tanga zarb
qilingan joy ko`rsatilgan.
Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlarning aksariyati arab alifbosida
bo`lib. onda-sonda uyg’ur so`zlari xam uchraydi. Ko`pchilik xollarda Nasr, YUsuf singari
xokimlarning nomlari uyg’ur tilida yoziladi. Tangalarning tashqi ko`rinishida xam ayrim
o`zgarishlar sodir bo`ldi. Agar somoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlar
aylanasiga bitilgan bo`lsa, qoraxoniylar turtburchak shaklida yozganlar.
Qoraxoniylar asosan kumush tangalardan tashkil topgan tangalar sistemasini xam
somoniylardan meros qilib oldilar. X asr oxiri XI asr boshlarida Qoraxoniylarning oddiy kumush
65
pullari sof kumushdan tayyorlanib xalqaro savdoda ishlatilgan. XI asrning ikkinchi un yilliklariga
kelib kumush tangalarni sifati o`zgaradi. Kumush mikdori kamayib uning o`rniga mis
qo`rg’oshin ishlatila boshlandi.
XI asr O`rtalariga kelib Ettisuv va Farg’onada tarkibida umuman kumush bo`lmagan
dirxam tangalar zarb qilingan va ok tangaga "dirxam" - ya`ni kumush tanga deb yozilgan.
Fanda "kumush inqirozi" deb atalgan bu xodisa XI asrda butun musulmon sharqida kayd
qilingan. Qoraxoniylar davlatida "kumush inqirozi"ni sodir bo`lishiga o`zaro kurashlar sabab
bo`lgan. undagi ko`plab xarajatlar sifatsiz dirxamlarni chiqarishga sabab bo`lgan, tanga zarb
qilishdagi bunday firibgarlik, axolini kumush va mis tangalarga bo`lgan ishonchini yo`qotgan.
SHuning uchun, X1 asr oxiri va XII asrda Qoraxoniylar davlatining shimoliy viloyatlarida
tanga umuman zarb qilinmadi. Movorounnaxrda tanga zarb qilish ozayib ketdi. Savdo bitimlarida
boshqa sulolalardan keltirilgan dinorlar - oltin tangalardan foydalanganlar.
Movorounnaxrda zarb qilingan tangalarda faqat Qoraxoniylar nomi yozilibgina qolmay,
saljuqiylar sulolasiga mansub bo`lgan sultonlarning nomlari xam bitilgan. Tangalar asosan
Samarqand, Buxoro, O`zgan zarbxonalarida chiqarilgan. XII asrning 60-yillariga kelib, tanga zarb
etish ishlari butunlay o`zgardi. O`zgan va Samarqandda kumush suvi yugurtirilgan dirxamlarni
ko`plab zarb kila boshlashiga yo`l qo`yiladi. By bilan bir qatorda Samarqand va Buxoroda oltin
dinorlar zarb etila boshlandi. Kumush suvi yugurtirilgan dirxamlar kundalik savdoga bo`lgan
talabni kondiradigan bo`lsa, oltin tangalardan savdo bitimida xalqaro savdoda xam foydalanilgan.
Xaqiqiy kumush tangalar bo`lmaganligi oltin tangalar. yirik pul xisoblanganligi uchun
ularni mayda-mayda bo`laklarga bo`lib savdo qilishgan.
XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asrdagi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan zarb qilingan
tangalar, X asr oxiri va XI asrda zarb kidingan tangalardan tubdan farq qiladi.
Birinchidan bu tangalar vaqt o`tishi bilan yiriklashib borgan. Agar X-XI asr tangalarining
diametri 2 - 2,5 sm. bo`lsa.XII asrning 60-70 yillarida kumush suvi yuritib zarb qilingan
dirxamlarning diametri Zsm.. XI asr boshlarida esa 4 sm. bo`lgan. Tangalardagi yozuvlarning
joylashtirilishi, o`rni va ularning ma`nosi xam o`zgardi.
O`zbekiston xududida XI-XII asrlarda muomalada bo`lgan tangalarni asosiy qismi
Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalarni tashkil qiladi. Lekin O`zbekistonning ba`zi janubiy
tumanlari, ya`ni Termiz g’aznaviylar, keyinchalik Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. bu erlarda
g’aznaviylar va Temuriylar tomonidan zarb qilingan tangalar muomalada bo`lgan.
Xorazmda anushteginiylar sulolasi vakili Muxammad ibn Tekesh davridan muntazam
ravishda tangalar zarb qilingan. Sulton faqat Xorazmda tanga zarb qilmay, balki Samarqand,
Buxoro, O`zgan va Marv shaxarlarida, shuningdek Movorounnaxrdan tashqarida xam mis kumush
suvi yugurtirilgan kumush va oltin tangalar zarb qildirgan.
66
Jaxon tarixidan ma`lumki, XIII asr boshlarida Turkiston mo`g’ullar tomonidan istilo
qilindi. keyinchalik bu imperiya aloxida davlatlarga, uluslarga parchalanib ketdi. Jumladan Tur-
kiston bu davrda CHig’atoy ulusi tarkibiga kirdi. Xorazm Jo`jilarga. Janubiy Turkiston Xulagularga
bo`yinsundi.
Mo`g’ullar O`rta Osiyoni zabt etgach. uzaro savdo muomalasida oldingi sulolalar davrida
zarb qilingan tangalar ishlatiddi. Ammo tez orada CHingizxon xamda xalifa Nosirning ismidan
boshqa xech qanday xokimning ismi yozilmagan tangalar Samarqand va Buxoroda zarb qilina
boshlagan. Xar ikki shaxarda xam kumush va kumush suvi yuritilgan dirxamlar, Samarqandda vaqti
- vaqti bilan dinorlar zarb qilingan, Agar dinorlar keng muomala uchun zarb qilingan bulsa.
dirxamlar esa usha tanga chiqarilgan viloyat axolisi uchun mo`ljallangan edi. Bu xol usha
tangalarga bitilgan yozuvlardan ayon bo`ladi.
XIII asr oxirlarida CHig’atoylar davlatida yuqori probali kumush tangalar muntazam
chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek qo`yildi.
XIV asr boshlarida CHig’atoy tanga turkumi shakllanib, u mo`g’ullar istilosi arafasida
tangalardan tubdan farq qilgan. Tanganing old tomoniga islomiy e`tiqod ramzining ikkala qismi
yozilgan va xalifalar; Abu Bakr. Umar. Usmon va Alining nomlari yozilgan. Tanganing orqa
tomonida podshox nomi, zarbxonalar nomi va sanasi, odatda rakamlar bilan tushirilgan. XIII-XIV
asrdagi tanga yozuvlarida avvalgidek arab tili xukmronlik qilgan, ba`zan uygur yozuvidagi mugul
matnlari berilgan.
Samarqandning XIII asr dirxamlarida, forsiy va onda-sonda turkiy matnlar arab yozuvida
berilgan.
XIII asr Buxoro Tangalarining noyob nusxalarida xatto Xitoy ierogliflar uchraydi, bir vaqt
Buxoro noibi xitoy bo`lgan.
Boshqa bir xitoyning maslaxati bilan qo`shni Xulagular davlatida XIII asr oxirida pul
isloxoti o`tkazilib. unga ko`ra oltin va kumush tangalar zarb etish va muomalada yuritish man
qilingan. Uning o`rniga "CHao" - qog‟oz pul chiqarilgan. Xitoyda qog’oz pul bir necha asrdan
buen mavjud edi. Xulagular davlatida esa qog’oz pul muomalada bo`lmagan. SHuning uchun axoli
"CHao"ni kat`iy qabul qilmadi. Savdo-sotiq tuxtab qoldi. xo`jalik faoliyati izdan chiqdi, natijada
xukumat tez orada tanga zarb ettirishga majbur bo`ldi. O`ylamay o`tkazilgan isloxot inqirozga yuz
tutdi.
Lekin 1225 yili Samarqandda zarb qilingan dirxamlar diqqatga sazovordir. Mugullar
istilosidan keyin oradan besh yil o`tgan bo`lsa xam dirxamlarning turi uziga xos xususiyatlarini
yo`qotmadi. Birinchidan. xech qaerda diniy akidalar bayoni kursatilmagan. gorizontal yoauvlar.
xoshiyalar yo`q, old tomonida "Samarqand" so`zi bitilgan. Qolgan xamma yozuvlar to`g’ri
turtburchak ichiga joylashtirilgan. Tanga zarb qilingan vaqti uch marta kayta yozilgan. Birinchi
67
marta tanganing old tomonida va ikki marta orqa tomonida tanga zarb qilingan sana
ko`rsatilgan. Ammo yozuvlardan biri ajablanarlidir. Unda " Bu tanga Samarqand va uning
Dostları ilə paylaş: |