62
Toxiriylar tangashunoslik soxasida dastlab dirxam va mis tangalar zarb qilganlar. Abdulla
ibn Toxir xukmronligidan boshlab oltin dinorlar zarb qilingan. 15 dan ortik zarbxonalar bo`lib,
vaqti - vaqti bilan tangalar zarb qilingan. Movorounnaxrning Samarqand, Buxoro, SHosh,
Madinai ash-SHosh shaxarlarida, keyinchalik Xorazm zarbxonalarida tangalar zarb qilingan.
Umumiy ko`rinishi xusnixat yozuvlarni joylashishi bo`yicha Toxiriylar davlatida zarb
qilingan tangalar umumxalifalik tangalaridan farq kilardi.
Birinchi Somoniylar faqat kumush tanga zarb qilish xukukiga ega bo`lganlar. Ular zarb
qilgan
mis tangalar - fel’slar tashki ko`rinishi bo`yicha yumaloqqa yaqin xatlari xunuk bo`lgan.
Somoniylar xukmronligi o`rnatilgandan keyin Ismoil ibn Axmad davrida kumush
tangalar ko`plab ishlab chiqariladi. Keyinchalik oltin tangalar paydo bo`la boshlaydi. Oltin
tangalarga nisbatan a`lo sifatli kumushdan ko`plab zarb qilingan tangalar mamlakat tashqarisiga
xam chiqib ketgan.
Somoniylar tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar xuddi xalifalik davrida zarb
qilingan tangalardek edi. Mis yoki kumush tangalarning bir tomonida bir yoki ikki qator axyon-
axyonda uch qator yozuvlar uchraydi. Dirxamlarda faqat Somoniylar noibining ismi yozilibgina
qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan.
Somoniylar davrida zarb qilingan mis tangalar tashqi ko`rinishi bilan xam diqqatga
sazovordir. Mis tanga ko`proq tarqalgan., ko`p muomalada bo`lishiga qaramay u dirxam va dinorlar
singari puxta ishlangan. Ulardagi yozuvlar xam chiroyli. Ayrim mis tangalar, ayniqsa buxoroda
zarb qilingan mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga solgan. O`sha
davrlarda 30dan ortiq zarbxonalar bo`lgan. Lekin ular vaqti – vaqti bilan qisqa muddat ishlab
keyinchalik yopilgan.
Somoniy dinorlari nisbatan kichik ko`lamda asosan Turkistondan tashqarida zarb
qilingan, ko`plab Xuroson, ayniqsa Morvarounnaxrda Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan.
Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil qiymatda – adli va
pashiz tarzida chiqarildi.
Somoniylar davridagi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki. Tangashunoslik soxasida xam shu
davrlardan boshlab qalbakilashtirish masalasi bu davrda xam tangalarni xar vaqt qo`lbola uskuna
shtampelda zarb etishavergan. Zarbxona uskunasi ular qo`liga tushib qolgan.Tangalarni
qalbakilashtirish asrlar davomida mo`may daromad keltirgan, shuning uchun ular o`limdan xam
qo`rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning qadri yuqori ekanligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: