talant - ya`ni pul birligida o`lpon to`laganlar.
Metalldan ishlangan pul tanga chaqalarning paydo bo`lishi insoniyat tarixidagi muxim
voqealardan biridir. Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishkning yujsak darajaga
erishgandagina tanga chaqalar kashf etilishi mumkin. Dastlabki tanga chaqalar miloddan avvalgi
VII asrda Kichik Osiyoda paydo bo`ldi.
Tanga zarb etish O`rta dengiz bo`yi mamlakatlariga tez tarqaldi. Miloddan avvalgi VI asrda
esa eron va O`rta Osiyo kattagina qismini o`z ichiga olgan Axmoniylar imperiyasi tarkibiga kirib
bordi. YUnon shaxarlari tanga zarb etish tarixida muayyan o`rin-tutadi. O`rta Osiyo va YAqin SHarq
noyob qazilma boyliklarini qo`lga kiritgach, Iskandar Zulqarnaynning odamlari o`z yurtlarida tanga
zarb ettirdilar va ularni butun O`rta dengiz mamlakatlariga muomalaga kiritganlar.
Miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy Axmoniylarni barbod etib, uning
vafotidan keyin tasarrufidagi erlarning sharqiy qismi Salavkaga tegdi. Axmoiiylar va Makedonokiy
tangalarining O`rta Osiyoga faqat noyob nusxalari etib kelgan edi. Salavkaning o`g’li Antiox
davridan boshlab O`rta Osiyoga kumush tangalargina emas, balki mis chaqalarning xam keng
ko`lamda kirib kelishi kuzatiladi. Miloddan avvalgi III asrda O`rta Osiyoda pul muomalasi boshlanadi.
Miloddan avvalgi III asrning oxirlarida O`rta Osiyoning o`z tangalari paydo bo`ldi. Ular
Antioxning kumush tangalariga o`xshatib zarb etiladi. Tanganing old tomonidan chambarga olingan
podshox byusti, orqa tomonida yuganlangan shoxli ot boshi va xukmdor nomi bitilgan ("Podshox