Izlanishlar, yechimlar


DAVRIYLIKDAN UZLUKSIZLIKKA O‘TISH MASALALARI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

DAVRIYLIKDAN UZLUKSIZLIKKA O‘TISH MASALALARI


64
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini isloh qilish masalalari ko‘rib 
chiqilgan. Mamlakatimizda xalq ta’limi xodimlarining oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar nuqtai nazaridan 
malaka oshirish tizimini davriylikdan uzluksizlikka o‘tkazishning asosiy jihatlari, 
ta’lim muassasalari xodimlari malakasini oshirishning mavjud muammolari va 
istiqbollari haqida mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
 malaka oshirish; kasbiy rivojlanish; davriylik; uzluksizlik; ta’lim 
sifati; muqobil shakllar.
The article deals with the issues of reforming the system of retraining and 
advanced training of public education personnel in the Republic of Uzbekistan. 
The main aspects of the transformation of the system of advanced training 
from periodic to continuous, the existing problems and prospects of professional 
development of employees of educational institutions in the light of the ongoing 
reforms in the system of postgraduate education of public education personnel 
in the country are revealed.
Keywords:
 professional development; periodicity; continuity; professional 
development; the quality of education; alternative forms.


65
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini, xususan, maktab ta’limini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim standartlari, 
o‘quv reja va dasturlari yangilanib, yangi darsliklar yaratilmoqda, ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Biroq, maktab 
ta’limining muvaffaqiyati nafaqat ta’limning yangilangan mazmuni va 
zamonaviy maktab binolari bilan belgilanadi. Ta’lim sifatini oshirishda asosiy 
rolni maktabning pedagogik jamoasi o‘ynaydi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim 
sifati unda faoliyat yuritadigan o‘qituvchilarning sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin 
emas [1].
Ana shu obyektiv reallikdan kelib chiqib, mamlakatimizda pedagog 
kadrlarning muvaffaqiyatli mehnat qilishi, malakasini oshirishi uchun barcha 
shart-sharoitlar yaratilgan. O‘qituvchi va murabbiylarning mavqeyi va nufuzini 
oshirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 4 yil davomida 
ular bevosita xizmat vazifalari va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan turli 
yig‘ilishlarga, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb etilmayapti. O‘qituvchilarning 
kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan o‘qituvchining 
kasbiy mahorati maktabda ta’lim sifatini oshirishga, uning jamiyatdagi nufuzini 
oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, bir tomondan, malaka oshirish 
uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ikkinchi tomondan o‘qituvchilarning o‘z kasbiy 
mahoratini oshirishga intilishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘qituvchidan 
doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, zamonaviy o‘qitish 
texnologiyalarini o‘zlashtirish ustida ishlashni taqozo etadi.
Afsuski, aynan shu sohada yillar davomida muayyan obyektiv va subyektiv 
muammolar to‘planib qolgan. Xalq ta’limi xodimlarining umumiy va xususan 
pedagogik kadrlar malakasini oshirishning sovet davrida belgilangan tashkiliy 
tamoyillari obyektiv muammolar manbayi hisoblanadi. Ushbu tamoyillarga 
muvofiq ta’lim muassasalarining rahbarlari 3 yillik, pedagogik xodimlar esa 5 
yillik davriylik asosida 144 soatlik o‘quv dasturi bo‘yicha, asosan, ish va yashash 
joyidagi ajralgan holda o‘z malakalarini oshirishlari shart, chunki kurslar viloyat 
markazlarida joylashgan malaka oshirish institutlari tomonidan tashkil etiladi. Bu 
esa malaka oshirayotgan o‘qituvchilarni boshqa o‘qituvchilar bilan almashtirish, 
o‘qituvchining oilasi va yashash joyidan yiroq ketishi, qo‘shimcha moliyaviy 
xarajatlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu 
sababdan ham o‘qituvchilar malaka oshirish kurslariga xohlamasdan boradilar 
va ilojini topsalar, malaka oshirishdan bosh tortadilar.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar, shuningdek, ayrim o‘qituvchilarda kasbiy 
bilim va ko‘nikmalarning etishmasligi bilan bog‘liq subyektiv muammolarni 


66
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
ham ko‘rsatdi, bu esa kasbiy mahoratni oshirish bo‘yicha mustaqil ishlarning 
yetishmasligidan dalolat beradi. Kasbiy tayyorgarlik saviyasini o‘rganish uchun 
tasodifiy tanlangan o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining yarmidan ko‘pi 
mutaxassislik (o‘qituvchilar) va boshqaruv (maktab direktorlari) bo‘yicha juda 
sayoz bilimga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Subyektiv tavsifga ega bo‘lgan ushbu muammoning kelib chiqishi 
yuqorida qayd etilgan obyektiv muammoning salbiy ta’siri bilan izohlanadi. 
O‘qituvchilar va maktab direktorlarining yomon ko‘rsatkichlari nafaqat o‘z-o‘zini 
takomillashtirishga intilishning yetishmasligi, balki xalq ta’limi muassasalari 
xodimlarining malakasini oshirish davriyligi bilan ham bog‘liq. 3-5 yil davriylikda 
amalga oshiriladigan malaka oshirish kursi ta’lim sohasidagi bilimlar 
yangilanishining zamonaviy sur’atlariga munosib tayyorgarlikni ta’minlab 
berolmaydi. Kurslarda olingan bilimlar tezda eskiradi, bu esa o‘qituvchilarning 
taraqqiyotdan orqada qolishiga va o‘qitiladigan fani, o‘qitish metodikasi va ta’lim 
texnologiyalari bilan bog‘liq yangiliklardan bexabar bo‘lib qolishiga olib keladi.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yuqoridagi muammolar va ularning 
kelib chiqish sabablarini inobatga olgan holda, malaka oshirish tizimini 
davriylikdan uzluksiz faoliyatga o‘tkazishni, ya’ni xalq ta’limi xodimlarining davriy 
malaka oshirishdan uzluksiz malakasini oshirishga o‘tishni nazarda tutuvchi 
qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi [2,3]. Yangi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, 
xalq ta’limi xodimlarining malakasini davriy oshirib borish o‘rniga uzluksiz 
rivojlanish tizimi joriy etilmoqda. Endi xalq ta’limi xodimlari har yili kamida 36 
soat o‘z malakalarini oshiradilar. Malaka oshirish kurslari uchun o‘qitishning 
kredit-modul tizimi joriy etilmoqda.
Xalq ta’limi xodimlarining ishdan ajralmagan holda o‘zini-o‘zi 
takomillashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Uzluksiz 
kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy 
etilmoqda. Mazkur elektron platforma xodimning kasbiy bilimlarini diagnostika 
qilish va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash asosida mazkur xodim 
uchun kasbiy rivojlanishning individual trayektoriyasini tuzib beradi. Elektron 
platforma xodim kasbiy rivojlanishining individual trayektoriyasiga muvofiq 
unga muayyan o‘quv modullarini o‘zlashtirishni taklif qiladi, o‘quv modullarining 
mustaqil o‘zlashtirilishi tegishli miqdordagi kreditlar bilan rag‘batlantiriladi. 
Malaka oshirish sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan kreditlar miqdori 
tasdiqlangan.
Uzluksiz malaka oshirishning yangi tizimiga muvofiq, xodimning kasbiy 
mahoratini oshirishga qaratilgan har qanday faoliyati rag‘batlantiriladi. Buning 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin