132
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
vazifalarga – pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, pedagogik
korpusning kasbiy salohiyatini oshirish kabi masalalarga javob beradi. Tadqiqot
o‘qituvchilarni zamonaviy maktab oldiga qo‘ygan
vazifalarni bajarishga
tayyorlash, o‘qituvchilarni baholash, ularning pedagogik o‘sishini rag‘batlantirish
va kasbiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
ICILS - bu kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro
tadqiqot.
Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kompyuter va axborot
savodxonligini baholashdan iborat.
Shunday qilib, O‘zbekiston ta’lim sifatining xalqaro –
qiyosiy tadqiqotlarda
ishtirok etishi O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholash tizimini yaratish uchun
katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar
mamlakatimizdagi ta’lim sifati va uning jahon ta’lim tizimidagi nisbiy o‘rnini
baholash imkonini beradi. Dunyo mamlakatlarida maktab o‘quvchilarining
ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan
dasturlar, darsliklar va talablar haqidagi eng
boy tahliliy material mamlakatimiz mutaxassislariga ta’lim
mazmunini isloh
qilish va ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish
imkonini beradi. Jahonning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan
pedagogik o‘lchov texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda ta’lim
sifatini
jahon andozalari darajasida baholash tizimini yaratishga yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: