Izlanishlar, yechimlar


TALIS (Teaching and Learning International Survey)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

TALIS (Teaching and Learning International Survey), 
OECD 
tomonidan 
oʻqituvchilar korpusining 
xalqaro tadqiqoti oʻqituvchilar 
sharoiti va maktablardagi taʼlim muhitiga qaratilgan birinchi xalqaro qiyosiy 
tadqiqotdir. TALIS xalqaro tadqiqotida ishtirok etish milliy ta’lim oldidagi dolzarb 


132
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
vazifalarga – pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, pedagogik 
korpusning kasbiy salohiyatini oshirish kabi masalalarga javob beradi. Tadqiqot 
o‘qituvchilarni zamonaviy maktab oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishga 
tayyorlash, o‘qituvchilarni baholash, ularning pedagogik o‘sishini rag‘batlantirish 
va kasbiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
ICILS - bu kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro 
tadqiqot. 
Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kompyuter va axborot 
savodxonligini baholashdan iborat. 
Shunday qilib, O‘zbekiston ta’lim sifatining xalqaro – qiyosiy tadqiqotlarda 
ishtirok etishi O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholash tizimini yaratish uchun 
katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar 
mamlakatimizdagi ta’lim sifati va uning jahon ta’lim tizimidagi nisbiy o‘rnini 
baholash imkonini beradi. Dunyo mamlakatlarida maktab o‘quvchilarining 
ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan dasturlar, darsliklar va talablar haqidagi eng 
boy tahliliy material mamlakatimiz mutaxassislariga ta’lim mazmunini isloh 
qilish va ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish 
imkonini beradi. Jahonning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan 
pedagogik o‘lchov texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda ta’lim sifatini 
jahon andozalari darajasida baholash tizimini yaratishga yaxshi samara beradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin