Izlanishlar, yechimlar


Shunga muvofiq, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va  137



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

.
Shunga muvofiq, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va 


137
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Xalq taʼlimi vazirligining qarori asosida respublika boʻyicha Xalqaro tadqiqotlarga 
tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 
Tayanch maktablarda faoliyat yuritayotgan trener-oʻqituvchilarning Xalq taʼlimi 
tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik 
koʻrish boʻyicha ehtiyojlari oʻrganildi va aniqlangan muammolarning oldini olish 
maqsadida, avvalo, oʻqituvchilarni tayyorlash masalasi ustuvor vazifa sifatida 
belgilangan. 
Bu kabi ijobiy ishlar samarasi XXI asrda davlatning kuch-qudrati uning 
intellektual salohiyati bilan uzviy bogʻliq boʻlsa, oʻqituvchilarning salohiyati, 
kasbiy darajasi xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning ijobiy samarasini 
belgilaydi. Shuning uchun, oʻqituvchilar tavsiya etilgan oʻquv topshiriqlari 
asosida mustaqil topshiriqlar yaratishi va ushbu yaratilgan ijodiy ishlarini 
amaliyotga, oʻquv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish 
orqali oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash lozim. 
Bugungi zamon talabidan kelib chiqqan holda, hayotga faol fuqaroni 
tarbiyalash, yuqori choʻqqilarni zabt etishlarda yaqindan koʻmaklashish 
muhimdir. 
Har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi bevosita, yosh 
avlodning ilmiy, ijodiy va maʼnaviy salohiyatiga bogʻliq. Shunga muvofiq, 
rivojlangan davlatlar siyosatida asosiy masala sifatida yoshlarning bilim olishiga 
keng imkoniyatlar yaratganligini koʻrish mumkin. Bugungi kunda, xalqaro 
miqyosda oʻtkazilayotgan tanlovlarning ham asl maqsadi yoshlarning har 
tomonlama kamol topishiga qaratilgan. 
Taʼkidlash joizki, rejalashtirilgan mashgʻulotlarini oʻtkazishda quyidagi 
tamoyillarga amal qilinadi: 
 
amaliy mashgʻulotlarining maqsadini aniq belgilab olish; 
 
xalqaro tadqiqotlar boʻyicha aniq koʻrsatmalar berish;
 
oʻqituvchi yetkazishi lozim boʻlgan DTSdan yuqori bilimlar ustida ishlash;
 
mustaqil ravishda topshiriqlar ishlay olishga oʻrgatish; 
 
oʻqituvchilarni nazariy, metodik-pedagogik jihatdan tayyorlash; 
 
ilmiy-dunyoviy bilimlarni rivojlantirish hamdir. 
Oʻquvchilarning barkamol boʻlib ulgʻayishida nafaqat taʼlim muassasasida 
egallashi lozim boʻlgan DTS va oʻquv dasturlardagi BKM, kompetensiyalariga, 
balki oʻqituvchilarning kasbiy salohiyati va mahoratiga ham bogʻliqdir. 
Bu maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda trenerlar oʻqituvchilarning 
ustozi sifatida yurtboshimiz taʼkidlaganidek, ijodkor, har bir ishda boshqaruvchi, 
savodxon boʻlishlari lozim. 


138
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Trenerlar xalqaro tadqiqotlarga oʻqituvchilarning kasbiy mahoratlarini 
oshirish, topshiriqlar tayyorlash koʻnikmalarini rivojlantirish, topshiriq va savollarni 
ham hayotiy shaklda tuzishlari muhim sanaladi. 
Trenerlar rejalashtirishda, avvalo, maqsadga erishish vositalarini aniqlab 
olish; maqsadga erishilganligini kuzatish; nazorat qilishni uygʻun tashkil etishi 
va metodlarning natijaviyligini taʼminlash; amaliylikka ahamiyat berishi lozim. 
Trenerlarning oʻqituvchilarni ergashtira olishida asosiy mezon bu ishonchdir. 
Oʻqituvchilarni, qachonki, ishontira olgan mohir trenerlar orqali o‘quv 
seminarlaridan kozlangan maqsadga to‘laqonli erishiladi. 
Taʼkidlash joizki, mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad va vazifalar:
oʻqituvchilarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun mazkur 
yo‘nalishdagi tadqiqiy bilimlarini oshirish, ularning ehtiyojlari asosida mashgʻulot 
shakllarini yaratish, kasbiy salohiyatini rivojlantirish;
oʻqituvchilar darslarining natijalarini talqin qilish va maktablarda 
takomillashtirilgan baholashning ahamiyatini oshirish; 
barcha hudud (tuman) lar oʻqituvchilari oʻrtasida malaka oshirish va oʻzaro 
tajribalar almashish uchun imkon yaratish; 
raqamli baholash vositasida, (baholash boʻyicha butun hududlar boʻylab) 
tadqiqot muammolarini birgalikda hal qilish;
global kompetensiya kabi innovatsion sohalariga asoslangan XXI asr 
koʻnikmalarini oʻqituvchi va oʻquvchilarda rivojlantirishning qoʻshimcha 
chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi.
Mashgʻulotning sifati — kelgusi tadqiqotda ishtirok etuvchi oʻquvchilarning 
natijaviyligi bilan baholanadi. 
Taʼkidlash joizki, trenerlar oʻquv mashgʻulotining asosiy tashkilotchisi 
sanaladi. Hududlardagi trenerlar tumanlar kesimida oʻqituvchilar roʻyxatini 
shakllantiradi. Ular oʻqituvchilarning uch bosqichda (nazariy, amaliy, mustaqil 
ish) bilimlarini oshirish uchun istiqbolli rejalar tuzadilar, koʻrgazmali materiallar 
tayyorlab, xalqaro baholash dasturlariga mos keluvchi namunaviy topshiriqlar 
bazasini yaratadilar. Mashg‘ulotlarda mavjud matnlar ustida ishlash, hayotiy 
shakllarga murojaat qilishda oʻquvchilarning koʻnikmalarini rivojlantirishni 
diqqat markazida tutishi muhimdir.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin