Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

131
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
qobiliyatini ochib beradi. Eng qiyin vazifalar kontekstni “matematiklashtirish” 
(eng yuqori darajadagi murakkablik vazifasi). Buning uchun matematika 
yordamida yechilgan masalani aniqlash, uni shakllantirish, yechishning 
matematik modelini ishlab chiqish va topshiriqda taklif qilingan vaziyatga qarab 
izohlash kerak. 
Tabiiy-ilmiy savodxonlik uchun PISA testi fan va texnologiya masalalarini 
tushunishni talab qiluvchi shaxsiy, mahalliy, milliy va global muammolarni hal 
qilish uchun akademik bilimlardan foydalanish qobiliyatini o‘lchaydi: tevarak-
atrofdagi dunyoni, ilmiy bilimlar asosini tashkil etuvchi asosiy faktlar, g‘oyalar va 
nazariyalarni tushunish, hodisalarni ilmiy tushuntirish, ilmiy-tadqiqot usullarini 
qo‘llash, ma’lumotlarni sharhlash va xulosalar chiqarish uchun ilmiy dalillardan 
foydalanish. 
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study). Har to‘rt yilda bir marta 
o‘tkaziladigan ushbu tadqiqotda 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy 
fanlar, 11-sinflar esa ilg‘or matematika va fizika fanlari bo‘yicha erishgan natijalari 
baholanadi. O‘rganishning to‘rt yillik xususiyati 4-sinf o‘quvchilari sakkizinchi 
sinfga o‘tganda erishilgan natijalarni taqqoslash, shuningdek, boshlang‘ich 
sinfdan yuqori sinfga o‘tish davrida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlarni 
o‘zlashtirishdagi o‘zgarishlarni qayd etish imkonini beradi.
 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) turli 
mamlakatlardagi 4-sinf boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining o‘qish va 
tushunish sifatini taqqoslaydi. Tadqiqotlar 2001-yildan beri har besh yilda bir 
marta o‘tkaziladi. U IEA homiyligida amalga oshiriladi. Xalqaro tadqiqotlarni 
tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill kollejiga (Massachusets, 
AQSH) yuklangan. Tadqiqot 4-sinfni tugatgan o‘quvchilarning o‘qish sifatini 
tekshiradi, chunki maktabning to‘rtinchi yili bolalar rivojlanishidagi muhim 
bosqich hisoblanadi. Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va 
axborot matnlarini o‘qishda o‘qish qobiliyatining to‘rtta guruhi baholanadi:
 
• 
aniq berilgan ma’lumotlarni topish;
• 
xulosalarni shakllantirish;
• 
axborotni talqin qilish va umumlashtirish;
• 
matn mazmuni, til xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin