142
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
ragʻbatlantirishda muvaffaqiyatli boʻlishlari uchun ham shaxsiy, ham professional
ijodkorlikka ehtiyojlari bor. Shuningdek, ular dars va amaliy jarayonlarni samarali
tashkil qilishda ham koʻmakka muhtoj. Ular oʻzlari oʻrgatayotganlarida bilish zarur
boʻlgan xalqaro talablar hamda biror narsaga yangicha qarash koʻnikmalarini
rivojlantirishga urinayotganlarida aniq tavsiyalar, koʻrsatmalar zarur.
NAZARIY: Nazariy mavzular asosan, oʻqish va til qurilishi boʻyicha mavzular
qamrab olinganligiga eʼtibor berilishi lozim. Oʻtgan darsning taqdimoti uchun
5 daqiqagacha vaqt ajratib mustahkamlab olish ham dars samarasini oshirishi
mumkin.
Nazariy bosqichda trener o‘qituvchilarning bo‘shliqlari
yuzasidan
tushuntirishlar ko‘rsatmalar zaruriy bilimlarni berish nazarda tutilgan
Misol uchun, dars yakunida 2 daqiqali oʻtkazilgan mashgʻulot yuzasidan qaysi
murakkab, qaysi tushunarsiz mazmunda 5-6 ta savollardan iborat soʻrovnomalar
olish ham oʻqituvchilar ehtiyojini belgilab beradi. Kelgusi mashgʻulotda bu
jihatlarga urgʻu berib oʻtish muhim sanaladi.
AMALIY ISH: Trenerlar ikki karra masʼuliyatni anglashlari va oʻqituvchilar
tayyorlashda amaliy jihatga urgʻu berishlari tavsiya etiladi. Trener har bir
bosqichda har daqiqasini qadrlar ekan, oʻqituvchilar ham tabiiy holatda, bunga
odatlanadi. Shuning uchun matn tanlashga vaqt koʻp yoʻqotmasligini boshida
uqtirib oʻtishi shart.
Asosiy vazifalari:
matnlar tanlash, topshiriqlar yaratish uchun oʻqituvchilarga badiiy, ilmiy
adabiyotlar,
maxsus saytlar, elektron manbalar havolasini taqdim etadi;
ular matnlarni tanlashlari, turli formatlarda topshiriqlar ishlashi va qiyosiy
tahlil qilib chiqishlari, oʻrganlariga mos boʻlishi
tushuntiriladi;
matnlar tanlashda topshiriq ishlashga moʻljallangan boʻlishiga eʼtibor
qaratish muhimligi tushuntiriladi;
Matn tanlashda aynan topshiriq mavzusida boʻlishi muhim emas, balki
tanlangan matn mazmunida shu mavzular (yaqinroq) boʻlishi kifoya;
mashgʻulotning oxirlarida ish unumi yakunini hisobga olgan holda, bir nafari
oʻqituvchining ijodiy ishlarini taqdimotini qilishga ulgurishi qolgan oʻqituvchilar
ishining sifatli boʻlishiga olib keladi. Oʻqituvchilarning motivatsiyasini oshirishga,
turli koʻrsatmalar berishga, asosiysi, bu mashgʻulotlarning maqsadi oʻquvchilarni
birgalikda shunday oʻqish, talqin qilish va qarorni toʻgʻri chiqarishga oʻrgatishdan
iborat ekanligini eslatib oʻtishi lozim. Haqiqatdan ham, oʻqituvchilar
bunday
amaliy jarayonlarda oʻzlaridagi boʻshliq va kamchiliklarni anglashadi va buning