1-rasm. Roberto Mills Gagne modeli
1. E’tiborni jalb qilish
2. O‘qitishning maqsad va vazifasini tushuntirish
3. Yangi o‘quv materialini taqdim etish
4. Ta’lim jarayonida bilimni mustahkamlash
5. Amaliyot
6. Qayta aloqa
7. Baholash
8. Amaliy jarayonga tadbiq etish
1. E’tiborni jalb qilish - ta’lim jarayonida bilim oluvchilarning o‘quv
mashg‘ulotiga qiziqishini oshirish hamda rag‘batlantirish
2. O‘qitishning maqsad va vazifasini tushuntirish - bunda o‘quv mashg‘uloti
davomida muammoli vaziyatlarga javob beribgina qolmay, balki, kutilyotgan
natijalarga muayyan ta’lim jarayoni asosida erishishni nazarda tutish
3. Yangi o‘quv materialini taqdim etish - o‘quv jarayonining murakkab
qismi hisoblanib, har qanday yangi o‘quv materiallarini tanlab idrok etish inson
psixikasiga xosdir va bu ta’lim oluvchining har qanday yangi o‘quv axborot
153
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
ma’lumotlarini o‘zlashtirishi, shuningdek, o‘quv axborotidagi asosiy fikrni
anglashga yordam beruvchi omillarni bilish kerakligini anglatish
4. Ta’lim jarayonida bilimni mustahkamlash - o‘quv mashg‘ulot jarayonlarida
bilim oluvchiga taqdim etilgan o‘quv axborotni uzoq muddatga mo‘ljallangan
davrgacha xotirada saqlash ko‘nikmasini hosil qilish
5. O‘quv amaliyoti jarayoni - eng so‘nggi bilimlarning o‘quv amaliyoti
jarayonlariga tez sur’atlarda joriy etilishini ta’minlash yoki ta’lim mashg‘ulotida
mavjud nazariy bilimlar muayyan tajribalar asosida tasdiqlash
6. Qayta aloqa - tanlangan o‘quv-metodika hamda uning baholash
samaradorligi tizimli tahlilsiz amalga oshirilmaydi. Shu maqsadda, o‘quv kursning
yaratilishi mobaynida moslashuvchan tizim ishlab chiqish
7. Baholash - yaratilgan o‘quv kursning umumiy samaradorligini baholash.
Bu tamoyilda maqsadli o‘quv auditoriya va uning imkoniyatlarini tahlil qilish
natijalariga asoslangan holda ko‘rsatib o‘tish
8. Amaliy jarayonga tadbiq etish - Ta’lim jarayonida bilim oluvchi tomonidan
o‘zlashtirilgan o‘quv axborotning xotirada saqlab qolishida hamda to‘g‘ri
qo‘llashida yordam beradi. Bu tamoyil beshinchi bosqichda ta’kidlangan tamoyil
mazmunidan farqli o‘laroq, ta’lim amaliyotida tatbiq qilinishi nuqtayi nazaridan
muhim vazifa sifatida baholash
Pedagogik dizaynda o‘quv axborot materiallar, loyihalash jarayoni ko‘p
jihatdan dasturlash, logistika va amaliy psixologiya sohalari bilan o‘xshashdir. Shu
qatorda, bu o‘xshashlik jihatidan tizimli belgilangan tartibda, guruhlashtirilgan
hamda bir nechta bosqichlarga ajratilgan holda, o‘z oldiga muhim vazifalarni
belgilaydi. O‘quv materialning yaratilishida 5 ta muhim bosqichni qamrab oluvchi
model - ADDIE (
Analysis, Design, Development Implementation, Evaluation
)
modellaridan foydalaniladi:
Analysis
-
(
Tahlil
)
- shakllantirilayotgan biron-bir o‘quv kurs rivojlantirilishida
kursning muhim hisoblangan elementlari belgilanadi, talaba ehtiyojlari inobatga
olingan holda, o‘qituvchining vazifalari ko‘rsatilib o‘tiladi. O‘quv kurs maqsadi
aniqlanib shakllantiriladi, shu bilan birga, kurs auditoriyasi va ular bilan ishlash
formatlari tizimli ravishda baholanadi. So‘nggi bosqichda kutilgan natijalar
ro‘yxati tuziladi.
|