151 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR 4. O‘quv kurs davomida kurs tinglovchisi tomonidan bajaralishi lozim bo‘lgan
barcha turdagi o‘quv vazifalarni bajarish va o‘quv moduliga joylashtirilishi kerak
bo‘lgan o‘quv axborot materiallarni qamrab olishi zarur va shu bilan birga talaba
tomonidan muayyan natijaga erishishi ko‘zda tutilishi lozim.
Tavsiyalar: a. Yaratilgan o‘quv kontentda mustaqil ta’lim olish mobaynida o‘zaro
hamkorlikda topshiriqlarni bajarish yoki baholash imkoniyatining
ta’minlanishi;
b. Talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda muayyan onlayn kursni shakllantirish
jarayonida ishtroki etishi;
c. O‘quv mashg‘ulot davrida o‘yin texnologiyasi orqali ta’lim berishda talabaning
muntazam ta’lim faoliyatiga qiziqishini oshirishi;
d. Kurs tinglovchining o‘quv kursdagi faolligini kurs so‘ngida inobatga olish.
Shuningdek, elektron ta’lim kurslarning yaratilishida alohida ahamiyat kasb
etadigan muhim bir narsa - Pedagogik Dizayn hisoblanadi. Aynan pedagogik
dizayn asosida yaratilayotgan onlayn kurslar bugungi kunda masofaviy ta’lim
kurslarni yaratuvchi shaxsning pedagogik yondashuvlaridan kelib chiqqan holda
mahoratiga bog‘liqdir. Avvalo, pedagogik dizayn nima ekanligiga oydinlik kiritish
lozim.
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida Pedagogik Dizayn –
ing: Instructional Design tushunchasi sifatli bilimlarni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoj doimiy
ravishda o‘sib bormoqda. Shu jumladan, elektron kurslarni yaratishda
an’anaviy ta’lim uslublardan foydalanishni kamaytirgan holda, pedagogik
dizayn tushunchasi paydo bo‘ldi. Yaratilayotgan onlayn kurslar: (
loyihalash dizaynlashtirish, rivojlantirish, joriylashtirish hamda baholash ) 5 ta bosqich
asosida onlayn kurslar shakllantiriladi.
Ushbu atama, ya’ni pedagogik dizayn tamoyili to‘g‘risida so‘z yuritilganda,
avvalambor, yaratilayotgan o‘quv kursning yuqori sifatli va tizimli rivojlantirishdagi
asosiy vazifasi bilim oluvchiga o‘quv kontentdan foydalanishi davrida o‘quv
axborot ma’lumotlarning to‘liq shaklda yetkazilishini ta’minlash tushuniladi. Bu
muhim bo‘lmagan, bir fakt sifatida baholanib, eng muhim vazifa taqdim etilgan
o‘quv kursdagi bilimlarni o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida qo‘llashni nazarda
tutadi. Bu borada, amerikalik ilmiy tadqiqotchi Roberto Mills Gagnening 8 ta
tamoyiliga asoslanadi.
152 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI