169
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Keywords:
pedagogical staff, civilization, teacher, standards, educational
programs, strategy, system, structural changes, relevance.
Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalar
joriy qilish asosida samarali foydalanish raqamli boshqaruv tizimi va axborot
kommunikatsiya vositalari shakllanayotgan bugungi kunda, ayniqsa, pedagog
kadrlar tayyorlashning pasayib borishi oqibatida davlatlarning rivojlanishdan
ortda qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ta’limda ixtisoslashtirishning
ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta’lim tarmoqlarida moddiy-texnik va
innovatsiya tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligi, oliy ma’lumotli professional
pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM, ularning malakasini oshirish va qayta
tayyorlovchi muassasalar o‘rtasidagi integratsion munosabatlardagi muayyan
muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar
bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlar oshib bormoqda.
Ijtimoiy-madaniy rivojlanishning hozirgi bosqichida madaniyatlarning
intensiv o‘zaro ta’siri va ta’limning rivojlanish jarayoni, ijtimoiy muammolarning
globallashuvi, o‘zaro bog‘liqlik va xalqaro raqobatni oshirish sharoitida ta’limni
modernizatsiyalash jamiyatni yangilashda yetakchi omil bo‘lib hisoblanadi va
ushbu omillar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.
Dunyoning barcha mamlakatlarida
pedagogik kadrlarni tayyorlash
davlat ta’lim siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib
, yuqori darajadagi
moslashuvchanlik va mavjudlik bilan ajralib turadi. Pedagog kadrlarni tayyorlashni
takomillashtirish yo‘lidagi izlanishlar o‘qituvchilarni yuqori sifatli kasbiy tayyorlash –
mamlakat kelajagi uchun eng qimmatli hissa, degan g‘oyaga asoslanadi.
Ushbu muammoli mavzuda o‘qituvchilar uchun o‘quv, ijtimoiy va
kasbiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda
mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta
qiziqish uyg‘otayotgan ayrim fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni
o‘rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash
tufayli yuqori pedagogik ta’lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi
tahlil etiladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini, xususan,
pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoitlar, umuman ta’lim paradigmasining o‘zgarishi bilan isloh
qilishga harakat qilinmoqda.
O‘zbek pedagogik ta’limi zamonaviy shaxs talabiga javob beradi, chunki
pedagogik oliy ta’limni tugatgandan so‘ng maktabda ishlamasdan (ma’lum
170
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
iqtisodiy sharoit tufayli) ham bu ta’limni olgan bitiruvchi o‘z bilimini boshqa
sohada qo‘llab keta oladi.
Agar hozirda O‘zbekiston qaysidir ma’noda, o‘zining ta’lim tizimini
moslashtirishga harakat qilayotgan xorijiy pedagoglar tayyorlash ta’limi haqida
gapiradigan bo‘lsak, Boloniya jarayoni, Yevropa ta’lim muhiti bular tor doiradagi
mutaxasisliklar hisoblanadi. Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika
pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari
mehnat bozori ehtiyojlari va o‘zgarishlariga moslashuvida, ayrim fanlar bo‘yicha
o‘qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda, shuningdek,
Amerika Qo‘shma
Shtatlari va ba’zi Yevropa mamlakatlarida ham, yaqqol muammolar paydo
bo‘lmoqda
. Shunga ko‘ra, o‘qituvchilarimizning umumiy va kasbiy malakasi
yuqori bo‘lganligi sababli, biz uchun pedagoglar tayyorlash tizimi hech qachon
muammo bo‘lmagan, buni Amerika ta’lim tizimidan xulosa qilishimiz mumkin.
Yevropa mamlakatlarida bunaqa pedagogika oliy ta’lim muassasalari yo‘q
bo‘lsa-da, pedagogika institutlarini o‘z ichiga olgan yirik universitetlar bor.
Boshqa tomondan, agar oliy ta’lim muassasalarda pedagogik dasturlar mavjud
bo‘lib, u faqat ushbu dasturlarni amalga oshiradi. Bu farqlarga qaramay, bir qator
xorijiy mamlakatlarda pedagogik ta’lim tizimini modernizatsiya va isloh qilishga
urinishlar umumlashtirilgan postulatlarga (isbotsiz qabul qilingan dastlabki
holat) tushirilganligini qayd etish mumkin, bu, shubhasiz, ta’lim tizimi uchun
mutaxassislar tayyorlashning ichki tizimiga tatbiq etilishi mumkin.
Yevropa standartlariga ko‘ra, pedagogik ta’lim bo‘lajak o‘qituvchiga ko‘plab
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari tufayli ta’lim doirasida turli tarmoqlar
va kasblar o‘rtasida harakatlanishga
imkon beradigan yetarli darajadagi malaka
bilan ta’minlashi kerak.
Finlyandiyaning o‘qituvchi-pedagoglar tayyorlash tizimi ko‘p mamlakatlar
uchun na’muna bo‘lib xizmat qiladi, o‘tgan asrning oxirida o‘qituvchilar
uchun magistratura darajasi minimal ta’lim me’yori deb belgilangan edi (shu
jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ham), bu esa qaysidir darajada
mamlakatdagi o‘qituvchilar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun
muhim hissa qo‘shdi.
Finlyandiyada maktab o‘qituvchisi bo‘lish uchun juda qattiq tanlovdan o‘tish
zarur: pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12%
atrofida maktablarga ishga olinadi.
Bu yerda shuni ham ta’kidlash kerakki, kichik
guruhlarda o‘qitishga ustuvorlik beriladi
, bu, shubhasiz, o‘qitishning yuqori
sifatda bo‘lishiga olib keladi. Bu mamlakatda maktab ta’limining muvaffaqiyati
maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash tizimiga bog‘liq hisoblanadi:
|