172
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
mavjud ta’lim muassasalari negizida boshqa oliy o‘quv yurtlari ishtirokidagi
pedagogik ta’lim tizimi bosqichma-bosqich shakllanmoqda
.
2021-yilda Xitoyda ta’lim tizimini yanada isloh qilish rejalashtirilgan, u
quyidagicha amalga oshiriladi:
uzluksiz ta’limning mukammal tizimini yaratish
lozim
, yuqori malakali kadrlar bunday katta aholini tayyorlash uchun tayyor
bo‘lishi kerak, ta’lim va ilmiy-texnik yangiliklar o‘rtasida yaqindan bog‘liqlik
shakllanadi, mamlakat tomonidan ta’lim tizimini
modernizatsiya qilish uchun
zarur intellektual qo‘llab-quvvatlash zarurati paydo bo‘ladi.
Xitoy yoshlari uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishning jozibali
jihatlaridan biri bepul ta’lim olishning joriy etilishi bo‘ldi. Bu bepul ta’lim uchun
talabalar OTMni bitirganidan so‘ng
qishloq maktablarida ikki yil davomida
ishlab berishi kerak va keyin boshlang‘ich yoki o‘rta maktablarda yana o‘n yil
ishlashlari lozim
. Biroq, bunday qat’iy sharoitlar o‘qituvchilik kasbini olishga
bo‘lgan qiziqishni kamaytirmaydi.
O‘qituvchilar uchun ijtimoiy imtiyozlar va
yuqori ish haqi oshishi doimiy ko‘zda tutilgan
.
Tahlillar ko‘rsatganidek, ko‘pgina mamlakatlarda
pedagog kadrlar
tayyorlashning asosiy maqsadi o‘z amaliyotini rivojlantirish va butun hayoti
davomida mustaqil o‘rganishga qodir bo‘lgan o‘qituvchini tayyorlashdir.
Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar
tayyorlashdagi umumiy tendensiya o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish,
kasbiy malakali o‘qituvchini ish bilan ta’minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini
takomillashtirish, o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashga jalb etish,
professional
jamoalarni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish orqali
kasbiy kompetentlikni oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yo‘naltirishdan iboratdir.
Angliya va AQSH universitetlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash
tizimi
ko‘p darajali-bakalavr, magistraturadan iborat
. Qozog‘iston va Rossiyada
bakalavr, mutaxassis, magistr sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash
tizimi shakllangan. Ta’lim muddati 4 yildan 11 yilgacha qilib belgilangan. Aksariyat
o‘qituvchilar ta’lim sohasida gumanitar fanlar magistri yoki aniq fanlar magistri
darajasi bilan universitetlarni bitirib chiqadilar. O‘rtacha ma’lum bir mutaxassislik
bo‘yicha magistr darajasini olgan talabalar 4-5 yil davomida o‘qiydi. Hozirgi kunda
Angliyadagi davlat maktablarida ta’limning barcha darajalarida (maktabgacha,
boshlang‘ich, shu jumladan, tayyorlov va o‘rta ta’lim sinflarida) dars berish uchun
malakali o‘qituvchi maqomiga ega bo‘lish lozim.
Ko‘pgina mamlakatlarda pedagogik kadrlar tayyorlashni va umuman
ta’lim tizimini isloh qilish allaqachon amalga oshirilgan
va muvaffaqiyatli
amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘zbek