Izlanishlar, yechimlar


IV. Onlayn kurs tuzilmasi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

IV. Onlayn kurs tuzilmasi 
Talablar: 
• 
yaratilayotgan onlayn kurs mavzulari nomi, bo‘lim, sahifa hamda 
komponentlardan tashkil topadi. 


150
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
• 
o‘quv kurs haftalarga ajratilgan holda rejalashtirilishi, shuningdek
modullar esa o‘quv kurs materiallar asosida shakllantiriladi. 
• 
har bir haftaning o‘quv materiali bo‘lim va modullarga ajratiladi. 
• 
har bir modul bir yoki bir necha sahifaga bo‘linishini o‘z ichiga oladi. 
• 
har bir sahifada kamida birgina komponent qamrab olinadi. 
Tavsiyalar: 
• 
taqdim etilayotgan onlayn o‘quv kursning har bir bo‘limi muayyan biron 
natijaga erishishini ta’minlashi; 
• 
muayyan haftaga bo‘lingan o‘quv kontent moduli natijalarini baholaydigan 
alohida parametriga ega bo‘lishi, shuning qatorida, hafta mobaynida o‘quv 
modulning baholash kategoriyasi mavjud bo‘lmasa, aks holda o‘quv kurs moduli 
natijalari keyingi mavzu doirasiga yo‘naltirilgan baholash kategoriyalarida 
namoyon bo‘lishi; 
• 
har bir onlayn kursda mavjud modulda talabalar o‘rtasida o‘zaro ta’sir 
kuchini ta’minlaydigan komponentdan tashkil topishi.
V. Onlayn kursning metodologik talablari: 
Talablar: 
1. Yaratilayotgan elektron o‘quv kurs natijalari davlat ta’lim standardiga mos 
holda bog‘liq bo‘lishi talab etiladi. Kursning davomiyligi 10 dan 16 haftagacha 
uzaytirilishi mumkin. Kurs tinglovchisining mustaqil ta’lim olish faoliyati 22 
soatdan oshmasligi zarur. Bunda, o‘z navbatida, o‘quv kurs natijalariga ega bo‘lishi 
sharti bilan ta’lim oluvchi shaxsning o‘quv faoliyati kamaytirilishiga erishish 
uchun turli o‘quv-uslubiy yondashuvlar, o‘quv kurs tuzilmasi optimallashtirilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
2. Onlayn kursning yaratilishida kursni yaratgan shaxs tomonidan 
qo‘llaniladigan o‘quv kurs davomida metodik yondashuv va vositalar yordamida 
kurs tinglovchisini jalb qilish orqali onlayn kurs auditoriyasini kengaytirishiga 
xizmat qiladi. Bu esa o‘quv kursning qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanib, talaba 
tomonidan mustaqil tarzda o‘qituvchining ishtirokisiz bilim olish imkoniyatini 
yaratadi.
3. Foydalanayotgan ta’lim texnologiyalari ta’lim subyekti ta’lim oluvchining 
sinxron tarzda tashkillashtirilayotgan tadbirlarda ishtirokini ta’minlanmasligi 
hamda talabaning istalgan hudud yoki makonda bo‘lishidan qat’i nazar, mustaqil 
ta’lim olish va natijaga ega bo‘lishi imkoniyatini talab etiladi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin