Uglevodorodlarning molekulyar geometriyasi ularning fizik va kimyoviy xossalari bilan bevosita bogʻliq. Kimyoviy formulasi bir xil, lekin turli xil strukturaga ega va shu sababli ham bir-biridan fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiluvchi molekulalar izomerlar deb ataladi. Izomerlarning ikkita katta turi mavjud: strukturaviy izomerlar va stereoizomerlar (fazoviy izomerlar).
Strukturaviy izomeriya
Strukturali izomerlarga misol: butan va izobutan.
OpenStax Biology (CC BY 3.0)ning “Carbon: Figure 4” grafik materiali oʻzgartirib olindi. Strukturaviy izomeriyada atomlar bir-biri bilan turli xil yoʻllar orqali bogʻlanadi. Natijada strukturali izomerlar koʻpincha turli xil funksional guruhlar yoki bogʻlanish shakllarini hosil qiladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan butan va izobutanga eʼtibor bering: ikkala molekula ham toʻrtta uglerod va oʻnta vodorod atomidan tashkil topgan (C4H10C4H10start text, C, end text, start subscript, 4, end subscript, start text, H, end text, start subscript, 10, end subscript), lekin butan chiziqli, izobutan esa tarmoqlangan. Buning natijasida esa ushbu ikki molekula bir-biridan farq qiluvchi kimyoviy xossalarni (izobutanning qaynash va suyuqlanish harorati butannikidan pastroq) namoyon qiladi. Shuning uchun ham butan gaz yondirgich va mashʼalalarda yonilgʻi sifatida ishlatiladi, izobutandan esa aerozol qutilarda sovitish moddasi yoki propellant sifatida foydalaniladi.
Tarkibi va kimyoviy tuzilishi bir хil bo’lgan, ammo atomlarning fazoda joylashishi bilan farq qiladigan moddalar fazoviy izomerlar yoki stereoizomerlar deyiladi.
Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini “Stereoхimiya” fani o’rganadi. Fazoviy izomerlarni хarakterlash uchun stereoхimiyada konfiguratsiya va konformatsiya tushunchalari qo’llaniladi. Molekuladagi atomlarning bir-biriga nisbatan fazoda joylashishi konfiguratsiya deyiladi.