Y. T. Xamrayeva – Toshkent shaxri Sergeli tumanidagi 300-IDUM birinchi toifali
fizika fani o‘qituvchisi.
202
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugatgan o‘quvchilar fizika fanidan
Davlat ta’lim standarti bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2022–2023-
o‘quv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari fizika fani bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek,
tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari bo‘yicha baholash mezonlari
keltirilgan.
Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda o‘quvchiga 3 tadan savol
beriladi. Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy, laboratoriya mashg‘ulotiga oid
bo‘ladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Fizika fanidan variativ reja bo‘yicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik
kengash qarori bilan qo‘shimcha savollar va masalalar kiritishi zarur.
Har bir savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi.
Baholar umumlashtirilib, o‘rtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4.
202
Nаzаriy sаvоllаrni baholash mezonlari T/r Baholash mezoni Ball 1
O‘quvchi hоdisа vа qоnuniyatlаrning fizik mа’nоsini to‘lа оchib
bеrsа, ulаrni hisоblаsh fоrmulаlаrini, o‘lchov birliklаrini to‘g‘ri kеltirib
chiqаrgan bo‘lsa.