3.3. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish evolutsiyasi va zamonaviy
tendentsiyalari.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda
muayyan bosqichlarda shakllangan. Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond
segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari
Bosqichlar
Yillar
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishidagi
o’zgarishlar
Birinchi bosqich
1860 yillar
Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta
bozorining paydo bo’lishi.
Ikkinchi bosqich
1950 yillar
Milliy
kredit
bozorlaridagi
operatsiyalarning
baynalminallashuvi.
37
1960 yillar
Xalqaro kredit bozorining shakllanishi.
Uchinchi bosqich:
1970 yillar
Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi.
Milliy fond bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond
bozorining shakllanishi.
1980 yillar
Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur’atlarda
rivojlanishi. Xalqaro fond bozorlarining yanada kengayishi.
Xalqaro
sug’urta
bozoridagi
dastlabki
tizimli
operatsiyalarning amalga oshirilishi. Xalqaro kredit
bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi.
To’rtinchi bosqich
1990 yillar
Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi.
Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi.
2000 yillar
Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.
Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari quyidalarda
namoyon bo’ladi:
1.
Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan birga
kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;
2.
Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek,
alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o’rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;
3.
Chegaralarni oshib o’tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda
harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o’rtasidagi aloqadorlikning
oshishi;
4.
Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi;
5.
Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi;
6.
Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an’anaviy sohalari o’zgarishi
(universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga
aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda,
shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug’ullanmoqda; tijorat banklari, o’z
navbatida, investitsiya banklarining an’anaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.);
7.
Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo’shilishi yoki yirik ishtirokchilar
tomonidan o’z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o’z navbatida, moliya
bozorining barcha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan
universal moliyaviy xoldinglarning yuza kelishiga sabab bo’lmoqda;
8.
Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab bo’luvchi
derivativlar bilan bitimlar hajmi o’sish tendentsiyasiga ega;
38
9.
AQSh dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu, o’z navbatida, xalqaro
moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan
keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog’liq quyidagi
tendentsiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:
1.
Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar etakchilik
qilmoqda.
2.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga
siljish tendentsiyasi mavjud. Xalqaro portfel investitsiyalar hajmining oshib borishi
bugungi kun jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga asosiy sabablardan
bo’lmish “moliyaviy ko’pik”larning paydo bo’lishiga zamin yaratgan.
3.
Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi
jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda.
4.
Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan
bir sharoitda, kapital importida AQShning ulushi kamayish tendentsiyasiga ega
bo’lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQShning ulushi hali-hamon
saqlanib qolmoqda.
5.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning
asosiy sohasi bank – moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot
telekommunikatsiya sohasi eng etakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron
sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo’lsa, rivojlanayotgan
mamlakatlarda avvalgidek to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalar neft – gaz qazib
chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb
etilmoqda;
6.
Tadbirkorlik kapitali migratsiyasida sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida
ayniqsa “Uchlik” (AQSh, G’arbiy Evropa, Yaponiya) mamlakatlari asosiy salmoqqa ega;
7.
Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy sub’ekt sifatida TMKlarning roli
oshmoqda;
Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendentsiyalari quyidagilarda o’z
aksini topmoqda:
39
1.
fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;
2.
xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o’sishi;
3.
jahonning etakchi moliyaviy markazlarida bozorning kontsentratsiyasi;
4.
bozorning yangi vositalarni yaratishi;
5.
bozorning kompyuterlashuvi;
6.
xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog’ozlarining
ahamiyatini ortishi.
Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi
tendentsiyalar yuzaga keldi:
-
xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil
etgan holda, xalqaro qarz qimmatli qog’ozlari va xalqaro aktsiyalar bozorining oxirgi o’n
yillikdagi hajmi olti barobardan ko’proqqa oshgan, 2008 yil inqiroz davrida ularning
o’sishi sekinlashgan, xalqaro aktsiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan
mamlakatlar hisobiga qisqargan bo’lsada, hozirda ularning hajmi yana o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. etakchilik qilmoqda;
-
xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar va aktsiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar,
xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar bozorida moliyaviy institutlarning etakchiligi saqlanib
qolmoqda.
-
rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha
diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy
ta’sir ko’rsatgan;
-
moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjalarida
aktsiyalar bozori kapitallashuvining YaIMga nisbatan salmog’i keskin pasaygan. Jahon
mamlakatlari YaIMga nisbatan aktsiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55%ni,
oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli
qog’ozlar YaIMga nisbatan kamida 100%ni tashkil etishi kuzatilgan;
-
rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi
sharoitida aktsiyalar va obligatsiyalar bo’yicha savdolar hajmi kamaygan.
Dostları ilə paylaş: |