5
1-Mavzu. “Xalqaro moliya bozori tahlili” fanining predmeti, obyekti, metodi va
boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi. Jahon moliya tizimida xalqaro moliya
bozorini tahlil qilishning ahamiyati
1.1.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining ahamiyati va uning
xususiyatlari.
1.2.
Dunyo mamlakatlarining moliya bozori holatiga umumiy tavsif.
1.3.
Milliy xo‘jalikning rivojlanishida xalqaro iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar
va moliya bozorining ahamiyati, ijobiy va salbiy ta’siri.
Tayanch so’z va iboralar
Moliya bozori, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar, eksport, import,
fond birjalari, evrokreditlar, valyuta kursi, iqtisodiy integratsiya.
1.1.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining ahamiyati va uning
xususiyatlari.
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning
harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari
muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy
resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni
ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro
kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari,
xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini
boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi.
Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va
kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning
xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur
6
holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga
kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning
boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi.
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va
rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya
bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni
namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar
hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy
karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga
jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.
Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni
ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga
oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan
mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan
valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi
mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar
o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi
ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa
tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday
qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati
yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi
tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida
shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega
bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan
(masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan)
fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon
xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-
sharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha
7
va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo
munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar
tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy
resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab
tizimdir.
Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni kelitirish
mumkin:
–
bitta mamlakat xududidan chiqmaydi;
–
xorijiy sub’ektlarni jalb qilmaydi;
–
milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
–
mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o’zida ifodalaydi.
Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga:
–
iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning fondlari bo’lib, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga
ega bo’lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
–
institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, xalqaro moliya
institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy
tashkilotlar va birlashmalar majmui bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining
xarakati amalga oshiriladi.
–
iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar
xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi
pul ko’rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini
o’z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi.
Xalqaro moliyaning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
–
taqsimlash funktsiyasi;
–
nazorat funktsiyasi;
–
takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valyuta-kredit va
moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog’liq tartibga solish funktsiyasi;
8
–
barqarorlashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiya jahon xo’jaligi tizimida
iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon
bo’ladi.
Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari
quyidagilardan iborat:
1.
Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.
2.
Xalqaro mehnat taqsimoti.
3.
Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi.
4.
Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.
5.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti;
6.
Xalqaro moliya munosabatlarining ko’p tomonlama tartibga solish tizimini
takomillashtirilishi;
7.
Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi.
Xalqaro moliya jahon xo’jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy
va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |