J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Amaliy mashg’ulot uchun savollar 
1.
“Xalqaro moliya bozori tahlili” fanining predmeti va obyekti. 
2.
“Xalqaro moliya bozori tahlili” fanining metodi.
3.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro fond bozorining ahamiyati va uning xususiyatlari.
4.
Global moliyaviy beqarorlikning kelib chiqishida xalqaro fond bozorlarining 
roli.
5.
Xalqaro moliya bozori tahlili fanining ahamiyati va mazmuni.
6.
Dunyo mamlakatlarining fond bozori holatiga umumiy tavsif.
7.
Milliy xo‘jalikning rivojlanishida xalqaro iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar va 
fond bozorining ahamiyati, ijobiy va salbiy ta’siri.
 
Topshiriqlar 
1.
Xalqaro moliya bozorining mohiyatini izohlovchi asosiy tushunchalardan 
«klaster» tuzing. 
2.
O’zbekistonning xalqaro moliya bozoridagi ishtirokini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarni baholang. 
3.
Xalqaro moliya bozorining o’sish sur’atlarini o’rganing. (Xalqaro valyuta fondi 
va Jaxon banki ma’lumotlari asosisda). 
4.
Asosiy terminlar lug’atini tuzing.
5.
Tezkor maslahatlar
Iyul oyi boshida siz bank bo‘limining yangi menedjeri sifatida birinchi marta 
korporativ mijozlardan biri bilan uchrashdingiz. U sizdan avval ishlagan xodimdan uning 
xorijiy valyutadagi to‘lovlari va kirimlari xususida yordam va maslahatlarni etarli 
darajada olmaganidan shikoyat qildi. Bu sohada uning ish faoliyati kengaymoqda, va 
sizdan kelgusi to‘lovlar va kirimlar haqida amaliy maslahatlar, shuningdek, himoya 
imkoniyatlari to‘g‘risida axborot berishingizni so‘radi. Odatda kompaniya katta hajmda 
funt sterlingda kredit
saldosiga ega, biroq hozir vaqtinchalik overdraftdan foydalanishga 
majbur. 
To‘lovlar: 


18 
1.
30 sentyabrda «Elnit Entetayment» kompaniyasiga 100000 AQSh dollari (Las-
Vegas). 
2.
«Koberz Pti Ltd» kompaniyasi (Brisbeyn) foydasiga aktseptlangan veksel 
asosida 75000 Avstraliya dollari, to‘lov 15 noyabrda amalga oshirilishi kerak. 
3.
«Doych Saplayz GMBX» kompaniyasiga 50000 Shveytsariya franki
Gollandiyaga jo‘natilgan tovarlar uchun, iyul oyi davomida to‘lanishi kerak. 
Debitor qarzdorlik: 
4.
«Pigal Shouz S.A.» kompaniyasidan (Parij) 250000 AQSh dollari, 15 iyulda 
to‘lanishi kerak. 
5.
55000 AQSh dollariga berilgan akkreditiv ostidagi bank aktsepti, «Ayrish Eshes 
Ltd» (Kork) kompaniyasiga jo‘natilgan tovarlar uchun, oktyabr oyi oxirida to‘lanishi 
kerak. 
6.
«Svis Rols Ltd» kompaniyasidan iyun oyi oxirida to‘lanadigan 50000 
Shveytsariya frankiga ekvivalent bo‘lgan nemis markalari. 
Vazifa: 
A) Mazkur to‘lovlar va pul kirimlari bo‘yicha siz o‘z mijozingizga qanday tezkor 
maslahatlar bera olasiz? 
B) Agar chet el bitimlarining hajmi ortib boraversa, bank tomonidan keyinchalik 
qanday yordam-maslahat berilishi mumkin? 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin