12
moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari o’rtasida,
davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o’rtasida, davlat va
korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasida yuzaga kelishi mumkin.
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy sub’ekt hisoblanadi.
Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari
bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta
kursini tartibga solish, valyuta zahiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.
Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy
faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan holda jahon xo’jaligi birliklarining iqtisodiy,
ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari –
jahon iqtisodiyotini
barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga
solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy
banklar kabi sub’ektlar faol rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: