19
2-Mavzu. Moliyaviy globallashuv va xalqaro moliyaviy integratsiya
2.1. Moliyaviy
globallashuvning mohiyati, shakllari va uni yuzaga keltiruvchi
omillar va shart-sharoitlar.
2.2. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati.
2.3. Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining milliy iqtisodiyotga ta’siri.
Tayanch so’z va iboralar
Globallashuv, global oligopoliya, baynalmilallashuv, nou-xau,
xalqaro mehnat
taqsimoti, xalqaro savdo, xalqaro migratsiya.
2.1.
Moliyaviy globallashuvning mohiyati, shakllari va uni yuzaga
keltiruvchi omillar va shart-sharoitlar.
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan
tushuncha paydo bo’lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko’pgina
mamlakatlarning
iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda.
Globallashuv jarayoning rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga
aylanishi sodir bo’ladi. Globallashuv jarayoni 1990 yillardan juda dolzarb masalaga
aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xil jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960-1970
yillardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu, dunyo maydonini yagona hududga
aylanishini anglatadi
va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin
harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida
zamonaviy institutlar
rivojlanishini rag’batlantiruvchi g’oyalarning tarqalishi va ularni tashuvchilarning erkin
harakatlanishiga imkon yaratiladi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan
hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jaxon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa
tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham
kuzatilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat
qismi transmilliylashish,
20
integratsiyalashish va industriallashish jarayonlarnga kam jalb etilgan. Shu bilan bir
vaqtda ushbu mamlakatlar jaxon tovarlar,
xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam
ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol
ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq
bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida
tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini
asta-sekinlik bilan
yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy
faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon
cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining
erkin harakatiga
asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: