J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga 
almashtirish (fixed – for – floating) 
Tomonlardan biri ma’lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib 
yuruvchi) foiz stavkasidagi turli valyutalarda bo’lgan to’lovlarini valyuta kursni hisobga 
olgan holda suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan siz ushbu 
bitim orqali 150 mln. so’mlik kredit bo’yicha UZIBOR stavkasida har chorakda amalga 
oshiriladigan foiz to’lovlarni 100 ming AQSh dollarlik kredit bo’yicha yillik 12 foiz 
fiksirlangan stavkada har chorakda amalga oshiriladigan to’lovlarga valyuta kursi 
USD/UZS = 1500 bo’lganda almashtirish imkoniyati mavjud. Bunda ma’lum bir 
belgilangan sanadagi valyuta kursidan, yoki svop bitimi tuzilayotganda amalda bo’lgan 
valyuta kursidan foydalanish mumkin. Shuningdek, bitimda faqat foiz to’lovlari 
almashtiriladi, asosiy qarz summasi esa almashtirilmaydi.


175 
Boshqa bir misol qilib, 10 ming AQSh dollarlik kredit bo’yicha yillik 6 foizdan 
fiksirlangan stavkada oylik ustama to’lovlarini amalga oshiruvchi, shuningdek,16 mln. 
so’mlik investitsiyasidan UZIBOR+5 stavkada oylik daromad oluvchi kompaniyani olish 
mumkin. Kompaniya moliya bozorida kelajakda UZIBOR stavkani pasayishi va 
USD/UZS kursini ko’tarilish ehtimolidan o’zini himoyalash maqsadida o’z 
daromadlarini AQSh dollariga olishni rejalashtirgan. U o’z rejasini amalga oshirishi 
uchun turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga 
almashtirish bo’yicha svop bitimini tuzishi etarli hisoblanadi. Natijada kompaniya 
UZIBOR+5 stavkada 10 ming AQSh dollarlik kreditga oylik foiz to’lovlarini amalga 
oshiradi va o’zining 16 mln. so’mlik investitsiyasidan valyuta kursi va foiz stavkasi 
o’zgarishidan himoyalagan holda 2 foiz qo’shimcha daromadini qat’iy belgilab, 
fiksirlangan stavkada 8 foiz yillik daromad ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bitimda 
valyuta kursi USD/UZS = 1600 etib belgilangan.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin