J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Foiz derivativlari(interest rate derivatives)



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Foiz derivativlari(interest rate derivatives).
Derivativlar bozorining asosiy 
qismini qismini egallagan holda turli-tuman shakllarga ega. Birjadan tashqari foiz 
derivativlarining uch asosiy turi faqlanadi, ya’ni forvard foiz kelishuvlari, foizli svop va 
foiz optsionlari. Foiz derivativlarini keng tarqalgan shakllaring tasnifini quyidagi 
jadvalda ko’rishimiz mumkin (3-jadvalga qarang).
Foiz derivativlarining tasnifi 
Moliyaviy derivativlar 
To’g’ridan-to’g’ri 
shartnoma 
Optsion
Foiz svopi 
Forvardlar: 
Forvard foiz 
kelishuv-lari 
va foiz 
fyuchersi 
Vanil optsionlar: foiz 
fyuchersiga optsionlar, 
foiz kafolatlari, “shift” 
va “pol” shaklidagi 
shartnomalar, svoptsion, 
obligatsiyaga optsionlar
Ekzotik 
optsionlar: 
o’rtacha 
optsionlar, 
chegaralanga
n optsionlar 
Tarkibiy 
mahsulot-
lar 
Fyucherslar (futures).
Standartlashgan mahsulotlar sifatida birjada muomalada 
bo’luvchi qisqa muddatli foiz stavkalar va obligatsiyalar bo’yicha forvard kelishuvlari 
foiz fyucherslari
(interest rate futures) deb yuritiladi. Uning bir ko’rinishi sifatida funt 
sterlingdagi uch oylik LIBOR foiz stavkasi bo’yicha fyuchers shartnomasini olish 
mumkin. Ular LIFFEda muomalada bo’ladi va qisqa muddatli funt sterling fyuchersi 
(short sterling futures) deb tan olingan. Fyuchers shartnomasini tuzish orqali kompaniya 
kelajakdagi qarz hajmini yoki depozitga qo’yilgan pul mablag’larini joylashtirishdan 
oladigan daromadini fiksirlaydi ya’ni qat’iy belgilaydi.
Forvard foiz kelishuvlari 
(forward rate agreement, FRA, shuningdek ular Futures 
rate agreement shaklida ham uchraydi)
 – 
hosila moliyaviy vosita hisoblanib, kelishilgan 


172 
muddatga aniq foiz stavka mablag’ini bir tomon ikkinchi tomondan egallashi to’g’risidagi 
shartnomadir. Shuningdek, u qat’iy belgilangan (fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz 
stavkali aktivlar bo’yicha to’lovlarni almashtirish to’g’risidagi shartnoma ham 
hisoblanadi. Hisob-kitob shartnomaning nominal summasidan kelib chiqiladi va 
to’lovlarni almashuv haqiqatda amalga oshirilmaydi. FRAni tuzayotganda savdolar 
tashkilotchisiga 
marjinal 
badallar 
va 
kafolat 
uchun 
to’lovlar 
amalga 
oshirilmaydiShartnoma ishtirokchilari uni amalga oshirish sanasiga (settlements day) 
bitimda ko’rsatilgan va oldindan kelishilgan foiz stavkasining joriy qiymatidan farqli 
summasini to’lab berish majburiyatini oladi. Masalan, ikki tomon uch oylik FRA tuzdilar, 
bitim ijrosini amalga oshirish besh oydan so’ng boshlanadi. Besh oy o’tgandan so’ng 
tomonlardan biri boshqa tomonga fiksirlangan va suzib yuruvchi (odatda LIBOR 
bo’yicha) foiz stavkalar o’rtasidagi farqni uch oylik hisob-kitob bo’yicha to’lab beradi. 
Ushbu operatsiyani mohiyatini yanada kengroq tushintirish uchun boshqa bir misol 
keltiramiz. Mijoz A bankdan 1 mln. AQSh dollari miqdorida 6 oy muddatga kredit olgan 
bo’lib, unga ustama foiz dastlabki uch oyda yillik 9 foiz, qolgan 3 oyda esa LIBOR stavka 
bo’yicha to’lanadi. LIBOR stavka bo’yicha riskdan himoyalanish uchun mijoz B bank 
bilan yillik 9,5 foiz fiksirlangan stavkada forvard foiz kelishuvini tuzdi. Uch oydan so’ng 
kredit qayta baholanadi va forvard foiz kelishuvi amalga oshiriladi. Uch oydan keyin 
LIBOR stavka yillik 10 foizni tashkil etsin, mijoz A bankka 1 mln. AQSh dollaridan 10 
foiz to’laydi. Lekin uning zarari forvard foiz kelishuvi orqali B bank tomonidan 9,5 foiz 
bo’yicha qoplab beriladi. Shunday qilib, B bank mijozga foiz farqida quyidagi summani 
to’lab beradi: 
1
000
000 ×
(10% − 9,5%)
100%
×

ой
12 
ой
= 1250 
АҚШ
доллари 
FRA davr boshida amalga oshiriladi, ya’ni 1250 AQSh dollari mijoz krediti 
to’lovining keyingi uch oyi boshlanganda B bank tomonidan to’lab beriladi va ushbu 
summani mijoz 3 oyga A bankka qayta investitsiya qilishi mumkin.


173 
FRA turli banklar orasida foiz riskni xedjirlash uchun keng qo’llaniladi. FRA 
ishtirokchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri tuziladi, faqat birjadan tashqarida foydalaniladi 
va ko’plab birjadan tashqari foiz derivativlari asosi bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin