J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


- ikki va besh yillik svoplarga ikki va besh yillik optsionlar



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 
-
ikki va besh yillik svoplarga ikki va besh yillik optsionlar;
 
-
o’n yillik svoplarga o’n yillik optsionlar;
 
-
o’n besh yillik svoplarga o’n besh yillik optsionlar;
 
Svoptsionlarning qolgan turlari bozorda kam uchraydi. Odatda svoptsionda 
sotuvchi va sotib oluvchilar quyidagilarni kelishib oladilar: 
-
svoptsion premiyasi (mukofoti, narxi); 
-
stavkasi (svoptsiondagi svop bitimning fiksirlangan stavkasi); 
-
davomiyligi (odatda asosiy svop bitimi boshlanish sanasi ikki ish kun oldin 
tugatiladi); 
-
asosiy svop sanasi; 
-
summasi; 


167 
-
qo’shimcha komission xarajatlar va chegirmalar
-
asosiy svop to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar chastotasi, davri. 
Agar svoptsion svop bitimi bo’yicha o’rniga fiksirlangan to’lovlarni olish huquqini 
taqdim etsa “to’lovlarni oluvchining svoptsioni” (svoptsion put), aksincha esa, ya’ni agar 
suzuvchi foiz stavkalardagi to’lovlarni olib, fiksirlangan foiz stavkalar bo’yicha 
to’lovlarni amalga oshirish huquqini taqdim etsa “to’lovchining svoptsioni” (svoptsion 
koll) deb yuritiladi. 
Svoplar –
shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha kelajakdagi to’lovlarni yoki 
turli aktivlarni almashtirish to’g’risidagi ikki tomon o’rtasidagi kelishuv.Odatda,bu kabi 
operatsiyalar bank va mijoz o’rtasida o’zlarining qarz va kredit majburiyatlarini 
almashtirish bo’yicha tuziladi.
Svoplar ko’p sonli ishtirokchilar orqali amalga oshiriladi. Bunda banklar odatda 
oddiy visitachi yoki moliyaviy institut rolini bajarishadi. Svoplarning shartlarini 
standartlashuvi ularning ikkilamchi bozorini shaklanishiga olib kelgan, xususan 
valyutalar bo’yia svoplar bozori. Biroq, svoplarning ikkilamchi bozori jami bozorning 
atigi 5%ni tashkil etadi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha svoplar investitsiya institutlariga nafaqat o’zlarining 
fond aktivlarini optimallashtirish (divertsifikatsiyalash), balki ma’lum bir emitentning 
aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanada qimmatli qog’ozlar paketini 
vaqtinchalik egallab turish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin.
Svoplarning yuzaga kelishi kompensatsion (qoplangan) yoki parallel qarzlar 
taraqqiyoti bilan bog’liq. XX asrning 60-70 yillarida mazkur operatsiyalarni 
standartlashtirish boshlandi. Bu esa, 1981 yilda svop qoidalari bo’yicha standartlashgan 
IBM va Jahon banki o’rtasida dastlabki valyuta bitimini tuzilishiga olib keldi. Shundan 
bu kabi operatsiyalar rivojlana boshladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin