J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Moliyaviy derivativlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Moliyaviy derivativlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: 
-
derivativning bazis aktivlari (foiz stavkalari, tovarlar yoki qimmatli 
qog’ozlar bahosi, valyuta (ayirboshlash) kursi, baholar va foiz stavkalar indeksi, kredit 
reytingi yoki kredit indeksi, va boshqalar) bahosining o’zgarishi uning bozordagi 
qiymatining o’zgarishiga olib keladi; 
-
boshqa moliyaviy vositalarga nisbatan, katta bo’lmagan birlamchi xarajatlar 
asosida zarur aktivlarga derivativ orqali ega bo’lish, o’z-o’zidan ushbu bozor 
konyunkturasiga ta’sir qiladi; 
-
bitimlar bo’yicha hisob-kitoblar kelajakda amalga oshiriladi; 
-
derivativlarning asosiy belgilari: 
-
hosila moliyaviy vositalar bazis aktivga asoslanadi. bir hosila moliyaviy vosita 
boshqa bir hosila moliyaviy vositaga bazis aktiv bo’lishi mumkin. masalan, fyuchers 
shartnomalariga optsion.
-
hosila moliyaviy vositalar odatda bazis aktivni oldi-sotdi qilish maqsadida 
foydalanilmaydi, balki ularning narxlari o’rtasidagi farqdan foyda olish uchun 
foydalaniladi.
21
Молиявий фарқ бўйича шартнома (битим) – битимнинг базис активини бозордаги очилиш ва ёпилиш нархи 
бўйича шаклланган молиявий фарқни айирбошлаш имконини берувчи икки томон ўртасидаги келишувни 
кўрсатувчи ҳосила молиявий воситадир. Ушбу битим орқали 10000 АҚШ долларилик акцияларни 1000 АҚШ 
доллари билан сотиб олиш мумкин (яъни мазкур суммани депозитга қўйган ҳолда ). Акциялар баҳосининг ўзгариши 
натижасида 10%лик фойда, ёки зарар 1000 АҚШ долларини ташкил этади. Мазкур восита орқали амалга оширилган 
операциялар кредитга маҳсулотларни сотиб олишга ҳам ўхшаб кетади.


163 
-
hosila moliyaviy vositalar moliya bozori (ayniqsa, qimmatli qog’ozlar, valyuta 
va ssuda kapitallari bozori) va mahsulotlar bozori bilan bevosita bog’liq. chunki, ushbu 
bozorlar bir xil tamoyillar asosida shakllanadi, naxlarni shakllanishi bir xil qonun asosida 
sodir bo’ladi, ularda asosan bir xil ishtirokchilar savdo qilishadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin