151
Birinchidan, moliyaviy innovatsiyalarning yuridik maqomi aniq belgilab
berilmagan. Ikkinchidan, ular bilan operatsiyalarni aniq tartibga soluvchi qonun osti
me’yoriy hujjatlar mavjud emas. Uchinchidan, milliy buxgalteriyamizda ularning
hisobini yuritish mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Umuman olganda, so‘nggi paytlarda innovatsion moliyaviy mahsulotlar, ayniqsa
hosila moliyaviy vositalar hajmini sezilarli darajada ortishi va uni tartibga solishning
samarali tizimi shakllantirilmaganligi moliya va real sektor o‘rtasida keskin
nomutanosiblikning yuzaga kelishiga, inqiroz davrida moliya bozorida beqarorlikning
ortishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, ularning mikrodarajada risklarni xedjirlash,
kamaytirish, boshqarish va foyda olish imkoniyatini yaratishini, ammo provardida
iqtisodiyotda tizimli risklarni yuzaga keltirishini moliya bozorini rivojlantirish va
barqarorligini ta’minlashda inobatga olish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: