161
Hosila moliyaviy vositalarning xalqaro bozori
10.1. Hosila moliyaviy vositalar
mohiyati va ularga xos xususiyatlar.
10.2. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari
10.3. Kredit va foiz derivativlari.
10.4. Hosilaviy moliya instrumentlarining global bozori rivojlanishi.
Tayanch so’z va iboralar
Moliyaviy derivativlar, bazis aktivlari, forvard, fyuchers, optsion,. svop, moliya
injiniringi, moliyaviy innovatsiyalar, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozla,
kredit derivativlari, konvertirlanadigan qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, depozitar
tilxatlar, REPO, kredit notalari, kredit defolt svopi, foiz derivativlari, foiz svopi, foiz
kafolatlari, “shift” va “pol” shaklidagi optsionlar.
10.1. Moliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususiyatlar
Hosilaviy moliyaviy vosita, derivativ (inglizcha derivative) –bazaviy aktivga
nisbatan tomonlar bir qator harakatlarni amalga oshirish bo’yicha huquq yoki
majburiyatlarni oluvchi shartnoma (kelishuv)dir. Odatda, bunday shartnomalarda
mu’lum bir tovar yoki qimmatli qog’ozlarni olish, taqdim etish, sotib olish, sotish
imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. To’g’ridan-to’g’ri shartnomadan farqli ravishda
derivativlarni oldi-sotdisi ma’lum bir shaklga solingan va standartlashgan bo’ladi,
shuningdek oldindan tomonlardan birining shartnomani minimum qancha miqdorini
sotish imkoniyati ko’rib chiqiladi. Ya’ni ular ham qimmatli qog’ozlarning bir turi
hisoblanadi. Derivativ bahosi va xususiyatlarining o’zgarishi uning bazis aktivlari bilan
uzviy bog’liqdir, biroq har doim ham bir xil bo’lavermaydi. Derivativlar ikki tomon
o’rtasidagi kelishuvni o’zida aks ettirib, tomonlar o’zlariga mazkur bitim bo’yicha turli
majburiyatlarni qabul qilishadi, yoki ma’lum bir aktivni yohud summani aniq muddatda
(muddat ichida) yoki kelishilgan narx darajasi amalda qayd etilgunda berish huquqiga ega
bo’ladi. Derivativlarni sotib olishdan asosiy maqsad, odatda, uning bazis aktivlarni
egallash hisoblanmaydi, balki ma’lum bir muddat davomida bazis aktivlarni baho va
162
valyuta riskidan xedjirlash yoki bazis aktivlarning narxini o’zgarishidan spekulyativ
foyda olish hisoblanadi. Har bir tomon uchun oxirgi moliyaviy natija ijobiy yoki salbiy
yakun topishi mumkin.
Derivativlarning asosiy xususiyatlaridan biri majburiyatlar miqdori undagi bazim
aktivlar miqdori bilan bog’liq bo’lmaydi. Masalan aktsiyalarga CFD
21
(contract for
difference) bitimlar hajmi o’sha kompaniya tomonidan chiqarilgan aktsiyalar hajmidan
bir necha marta katta bo’lishi mumkin. CFDni sotib oluvchi va sotuvchilar oldindan
aktsiyalarni haqiqatda etkazib berishni haqida o’ylashmadi, balki ular ma’lum muddatda
oralig’ida va shartlar asosida shakllanadigan aktsiyalar narxlari o’rtasidagi farqqa
qiziqishadi
Dostları ilə paylaş: |