149
Aktivlar sekyuritizatsiyasi jarayonida ishtirokchilar o‘rtasida yuzaga keladigan
munosabatlarni asosan quyidagi besh guruhga bo‘lish mumkin:
-
originator va MMT o‘rtasidagi munosabatlar. Bunda sekyuritizatsiya uchun
mo‘ljallagan aktivlarni originator balansidan ajratish va MMTga sotish. Shuningdek,
originator va MMT o‘rtasida originatorning servis xizmatlari agenti sifatida faoliyat
yuritishi bo‘yicha “topshiriq shartnomasi” tuziladi. Bunda servis xizmatlari agenti
vazifasini boshqaruvchi agentlar ham bajarishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim. Bu kabi
munosabatlarning sodir bo‘lishi “sotmoq” tushunchasini iqtisodiy jihatdan qaraganda
uning bir ma’nosi “mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi” ekanligi bilan bog‘liqligini
ko‘rsatadi;
-
MMT va investorlar o‘rtasidagi munosabatlar. Investorlar daromadligi va
reytinggi yuqori bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘lishni xohlaydilar. Bunday
xususiyat aktivlar sekyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog‘ozlarda namoyon
bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarni aktivlar bilan ta’minotiga bir emas, balki bir nechta
tashkilotlar mas’ul bo‘ladilar (
2-rasm
dagi ikkinchi guruh tashkilotlar bunga misol
bo‘ladi);
2-rasm. Aktivlar sekyuritizatsiyasi jarayoni va undagi ishtirokchilar guruhi
19
19
Тадқиқот натижаларига асосланиб, муаллифлар томонидан шакллантирилган
Birinchi guruh tashkilotlar
Ikkinchi guruh tashkilotlar
Uchinchi guruh tashkilotlar
Reyting
agentliklari
Sug‘urta
tashkilotlari
Qarzdorlar
Hosila moliyaviy
vositalar bozori
Dostları ilə paylaş: