J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro moliya munosabatlari


Xalqaro kreditning asosiy shakllari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/170
tarix16.12.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#180865
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170
Xalqaro Moliya munjsabatlari. Ataniyazov J.X

12.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari
Ishlab chiqarishning va ayirboshlashning baynalminallashuvi, 
ja h o n xo‘jaligi aloqalarining yangi shakllari vujudga kelishi xalqa­
ro kredit shakllarining xilma-xilligi rivojlanishiga obyektiv asos 
b o ‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro kredit shakllarini bir necha turga bo ‘lib guruhlash 
m um kin:
1. M anbalari b o ‘yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (ehet) va 
aralash kreditlash va moliyalashtirish farqlanadi. Ular o‘zaro 
bog‘liq b o ‘lib, tovar h arakatining eksportyordan importyorgacha 
bo'lgan barcha bosqichlariga xizmat ko‘rsatadi. Tovar sotuv jara- 
yoniga qanchalik yaqin b o ls a , odatda xalqaro kreditning shartlari 
h am qarz oluvchiga shunchalik qulay b o ‘ladi.
2. Q arz valutasiga ko‘ra qarzdor m a m lak a t yoki kreditor m a m - 
lakat valutasida, uchinchi m am lakat valutasida, SD R va xalqaro 
hisob-kitob valutalarida taq d im etiladigan xalqaro kreditlar farq­
lanadi.
3. iMuddatlariga ko‘ra qisqa m uddatli — 1 yilgacha, ayrim ho- 
latlarda 18 oygacha (o‘ta qisqa muddatli — 3 oygacha, bir sutkalik 
va bir haftalik), o ‘rta muddatli — 1 yildan 5 yilgacha, uz.oq m u d -
297


datli — 5 yildan uzoq muddatlarga beriladigan xalqaro kredit tur- 
lari tarqlanadi. Ba’zi manilakatlarda 7 yilgacha muddatga beril- 
gan kreditlar o‘rta muddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan 
kreditlar esa uzoq muddatli b o ‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli 
kredit odatda tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta ’minlaydi va 
nosavdo xarakteridagi sug‘urta ham da spekulyativ operatsiyalar- 
ga xizmat ko‘rsatgan holda tashqi savdo va xalqaro to‘lovlarda 
qo'llaniladi. IJzoq muddatli xalqaro kredit odatda asosiy ish- 
lab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun m o ‘ljallangan 
bo‘lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi 
hajmiga hamda tashqi iqtisodiy m unosabatlarning yangi shakllari 
(yirik ko‘lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texni- 
kaning joriy etilishi)ga xizmat ko‘rsatadi. Agarda qisqa muddatli 
kreditning muddati uzaytirilsa, unda u o ‘rta muddatli, ayrim 
holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli 
kreditlarning o ‘rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jara- 
yonida odatda davlat kafil sifatida faol ishtirok etadi.
4. 
Ta’m in lang an lik
tarnoyiliga 
ko‘ra 
xalqaro 
kreditlar 
ta ’m in lan g an va blankali kreditlarga farqlanadi. K reditning 
t a ’minoti bo‘lib odatda tovarlar, tovarga egalik huquqini beruv- 
chi va boshqa tijorat hujjatlari, qim m atli qog‘ozlar, veksel- 
lar, ko‘chm as mulk h am d a qim m atlik lar xizm at qiladi. Kredit 
olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi: q a t ’iy 
garov (tovarlarning m a ’lum bir massasi b ank foydasiga garov 
qilinadi); muom aladagi tovar garovi (m a’lum bir su m m adagi, 
tegishli assortim entdagi tovarning qoldig'i hisobga olinadi); 
qayta ishlovdagi tovar garovi (m azkur m ah su lo tlarn i bankka ga- 
rovga bergan holda garovga olingan tovardan m ah su lo tlar ishlab 
chiqarish mum kin).
Blankali kredit qarzdorning qarzini m a ’lum bir muddatda 
so‘ndirish majburiyati bo‘yicha beriladi. O datda bunday kredit 
hujjati b o ii b qarz oluvchining yagona imzosiga ega bo'lgan so- 
lo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari b o ‘lib asosan 
kontokorrent (ban k n in g mijoz bilan barcha operatsiyalarini hi~
298


sobga oluvchi yagona hisobvaraq) va overdraft (mijo/. hisobidaj’i 
ortiqcha qoldiq mablag‘lar krediti) kreditlar hisoblanadi.
5. Taqdim etilishi b o ‘yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi ix 
tiyori bilan uning hisobvarag'iga o ‘tkaziladigan moliyaviy (naqd 
ko'rinishdagi) kreditlar, im portyor yoki bank to m on id an akscptli 
tratta shaklidagi akseptli kreditlar, depozit sertifikatlari, obligatsi- 
yali qarzlar, konsorsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa 
shu kabilarga farqlanadi.
6. Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab xalqaro 
kreditlar — firmalar, banklar, ayrim holatlarda vositachilar (bro- 
kerlar) tom onidan taqdim etiladigan xususiy kreditlarga; huk u - 
mat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi 
aralash kreditlarga; xalqaro, hududiy valuta-kredit va moliyaviy 
tashkilotlarning davlatlararo kreditlariga bo'linadi.
7. Tashqi iqtisodiy bitim ning qarz mablag‘lari hisobidan qop- 
lanishi b o ‘yicha xalqaro kreditlar quyidagilarga boMinadi:
• tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan b og‘liq 
kreditlar);
• moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalani- 
ladigan, shu ju m la d a n , kapital quyilmalar, investitsion obyekt- 
larni qurish, q im m atb aho q og‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni 
to ‘lash, valuta intervensiyasi maqsadlaridagi kreditlar);
• «oraliq» kreditlar (kapitallar, tovar va xizm atlarning chiqib 
ketishining aralash shakllariga xizmat qilishga m o ‘ljallangan).
8. Xalqaro kreditni ko‘rinishi bo ‘yicha ikkita asosiy shaklga 
b o l i b ko'rsatish m um kin:
1. Xalqaro b a n k krediti.
2. Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro b an k krediti asosan valuta (pul) ko‘rinishida bo'lib, 
im portyorlar to m o n id an avans to ‘lovlari shaklida h am ta q d im
etilishi m u m k in . Ayrim holatlarda valuta krediti jihozlar yetkazib 
berish b o ‘yicha tijorat bitim ining shartlaridan biri hisoblanadi. 
Xalqaro tijorat krediti esa od atd a tovar ko‘rinishiga ega b o iib , 
asosan eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.
299


F irm aning (tijorat) krediti — odatda eksport qiluvchi m am - 
lakalning bir firmasi boshqa m am lakatning im port qiluvchi- 
ga toMovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi. 
Tashqi savdo tijorat krediti tovarii operatsiyalarga bog‘liq hisob- 
kitoblarda keng qo'llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 
2—7 yil) turlicha bo'ladi va jahou bozori konyunkturasi shart- 
lariga, tovarlar turlariga va boshqa bir qator omillarga bog‘liqdir. 
M ashina va asbob-uskunalar (texnologiya, jihozlar)ning eksporti 
kengayishi xalqaro kreciit muddati uzayishiga olib kcladi, Tijorat 
krediti odatda, veksel yoki ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha beriladi- 
gan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi.
Vekselli krcditda eksport qiluvchi tovarni sotish haqida bi- 
tim luzib, o ‘tkazma veksel (sarf-xarajatlar)ni import qiluvchiga 
j o ‘natadi, import qiluvchi tijorat hujjatlarini olib akseptlaydi, 
ya’ni unda ko‘rsatilgau muddatda to ‘lovni amalga oshirishga ro- 
zilik beradi.
Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha beriladigan kredit. Bu kredit 
eksport qiluvchi va import qiluvchi o'rtasidagi kelishuvga asos- 
lanadi. Eksport qiluvchi j o ‘natilgan h ar bir tovarlar qiymatini 
import qiiuvchining hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. I m ­
port qiluvchi shartno m ad a ko‘rsatilgan vaqtda kredit sum m asini 
t o l a b boradi. Ochiq hisobvaraqlar b o ‘yicha beriladigan kreditlar 
faqatgina doimiy aloqada bo‘lgan firm alar o ‘rtasidagina amalga 
oshirilishi m um kin. Tijorat kreditining yana bir turiga import 
qiiuvchining avans tolovi (sotib oluvchining avansijni kiritish 
m um kin. Bunda shartnom a tuzilayotgan paytda im port qiluvchi 
tom onidan d ie t ellik mol yetkazib beruvchiga odatda mashina, 
asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10—15 foizi oldin- 
dan to lan ad i.
Xarid b o ‘nagi eksportni kreditlashning bir shakli boTib hisob- 
lanadi va shu vaqtning o ‘zidan boshlab import qiiuvchining maj- 
buriyatini ta'm inlovchi vositaga aylanadi. C hu n k i, import qiluvchi 
o‘zi b u y u rtm a bergan tovarni sotib olishga majbur b o ‘ladi. Rivoj- 
langan m am lakatlarn ing im port bilan shug‘ullanuvchi firmalari
300


rivojlanayotgan m a m lakatlard an farqli o ia r o q , xarid b o ‘nagidan 
shu davlatlarning qishloq xo‘jalik m ahsulotlarini olib chiqib ke- 
tishda foydalanmoqdalar.
Bo‘nak to ‘lagan to m o n n in g aybi bilan s h artn o m a bajarilmay 
qolsa, sarf-xarajatlar undirilgan holda mablag1 qaytariladi. Agar 
sh artn o m a b o ‘nak olgan to m on n in g aybi bilan bajarilmay qolsa, u 
sotib oluvchiga barch a xarajatlarni to'lagan holda mablag‘ni qay- 
tarishi shart.
Bo‘nak — sh a rtn o m a bajarilishidan voz kechish m um kin 
b o lg a n bitimga nisbatan rag'batlantiradi. Voz kechish m um kin 
b o lg a n bitimda esa zarar ko'rgan to m o n n in g xarajatlarini to ‘lash 
majburiyatlaridan ikkinchi tomon ozod bo'ladi. Ba’zan xarid so ­
tib oluvchining avansi toMovni kechiktirishga o ‘zaro moslashadi, 
buning ustiga teng ulushlar bilan m a ’lum intervallarga bo‘linadi 
(oy, kvartal, 1 yil).
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi o ‘rtasidagi m unosa- 
batni nam oyon qilsada, u odatda, b ank krediti bilan qo'shilib, 
moslashadi. M ash in a va asbob-uskunalarni sotishda tijorat kredi­
ti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, o ‘z navbatida, eksport 
qiluvchining anchagina mablag'ini jalb qilib oladi. Shu sababdan, 
eksport qiluvchi qonundagidek, bank kreditiga murojaat qiladi 
yoki o ‘z kreditini b anklarda qayta moliyalashtiradi.
Tijorat krediti hajm va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha 
m ash in a va asb ob -u sk u nalar eksportini kreditlash m u a m m o sin i 
toMiq yecha olmaganligi sababli b ank kreditlarining roli oshadi.
Bank kreditlari. B ank krediti — eksport va im p o rtn i kredit- 
lashda ssuda shaklida nam oyon b o ‘ladi va u tovarlar tovar huj- 
jatlari, veksellarni h am d a sarf-xarajatni garovga olgan holda 
beriladi. Ba’zan b an k lar o ‘zlari bilan cham b arch as aloqada 
b o ‘lgan yirik eksport qiluvchi firmalarga blankli kredit, ya’ni ras- 
miy t a ’m in lan m ag an kreditlar berishadi.
Xalqaro savdoda bank kreditlari tijorat kreditlariga nisbatan 
u stunlikka ega. U la r kredit oluvchini olgan m ablag‘laridan tovar­
lar sotib olishda mustaqil foydalanish im koniyatini tu g ‘diradilar,
301


mol yetkazuvchini firm adan kredit so‘rashdan ozod etadilar h a m - 
da oxirgi tovarlarga hisob-kitoblarni bank krcditidan foydalanib 
tolaydilar. Xususiy banklar ko‘pincha davlat mablag‘larini va 
tilling kafolatini olgan holda eksport kreditlarini 10—15 yilga bo- 
zor stavkasidan pastroq stavkada beradilar. Lekin, banklar qoida 
bo'yicha, kreditdan o ‘z mamlakatlari hududidagina foydalanishni 
chegaralab, lining intilishini m a ’lum maqsadli qilib qo‘yadilai\ 
masalan, faqat o'zlarini qiziqtirgan firrnaning tovarlarini so- 
tib olishga yo'naltiradilar. Shu orqali bank krediti firma krediti 
xususiyatlarini o'zida mujassam etadi. Bank krcditini banklar, 
bankir uylari va boshqa kredit muassasalari beradilar.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalarni kreditlash operatsiyalarini 
niuvofiqlashtiruvcliisi uchun, yirik kredit resurslarini jam lash 
iichun va bank xavf-xatarini bir marom da taqsimlash uchun 
banklar konsorsiumlar, sindikatlar, bank fondlarini tashkil qila- 
dilar. Banklar eksport va moliya kreditlarini beradilar.
Eksport krediti — eksport qiluvchi bankining import qiluv- 
chi bankiga yctkazib berilgan mashina, asbob-uskuna va boshqa 
investitsiya qilingan tovarlarni kreditlashga aytiladi. Bank kredit- 
lari pul ko'rinishida beriladi va «bog‘liq»lik tusiga ega, chunki 
kredit oluvchi ssudadan faqatgina kreditor mamlakat tovarlarini 
sotib olishigagina beriladi. 0 ‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab, 
eksportni kreditlashning shakli sifatida iste’mol krediti (5—8 va 
undan ortiqroq yil muddatga) yuzaga keldi.
Iste’mol krediti. Iste’mol kreditining o ‘ziga xos xususiyati 
boMib, eksport qiluvchi b an k n in g to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri milliy eksport 
qiluvchini k reditlam asdan, balki d ie t ellik xaridorni, y a’ni im ­
port qiluvchi m am lak at firmasi va u ning b an k in i kreditlash hi- 
soblanadi. Shu orqali im port qiluvchi kerakli tovarlarni yetkaz- 
gan mol yetkazib beruvchilar to ‘lovni xaridorga yoki b an k k a 
qarz sifatida qayd qiladi. O datda, bunday kreditlar m a ’lum bir 
firrnaning tovarlari va xizm atlaridan foydalanishda qo'llaniladi. 
Bunday kreditlash sh artn o m asid a eksport qiluvchi ishtirok et- 
maydi, bu o ‘z navbatida, k red itn in g bahosini oshirish im k o n i-
302


y atini yo‘qotadi. Bank k red itin in g xaridorga boMgan narxi, qoida 
b o ‘yicha ssuda kapitallari bozoridagi qarz mablagMari narxidan 
a n c h a past b o ‘ladi, bu esa u la rn in g raqobatbardoshligini oshi- 
radi.
Moliyaviy kredit har qandav bozorlarda va imliyo/li shart- 
sharoitlar asosida tovarlarni sotib olish imkomyatini beradi. 
Moliyaviy kredit ko‘p holatlarda tovar vctka/.ih berilishi bilan 
t o ‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas va asosau t a s 1 
h
| i qar/.ni soiidirish, 
valuta kursini qo‘llab-quvvatlash, avuarlar (hisobvaraqlar)ni xori- 
jiy valutada to ‘latish uchun m oijallaugandir.
E k spo rtn i kreditlash shakllarining boshqa bir turi a kscpt 1 i - 
rambursli kredit hisoblanadi. Uslibu kredii eksporlyor veksel- 
larin in g uchinchi davlat banki toinonidan a kscpt la n ish i ham- 
da im p orty o r tom onidan vekscl sum inasiui akseptant-bankka 
o ‘tkazilishi (rarnburslanishi)niug bogMiqlikda amalga oshishiga 
asoslangan.
Broker krediti ayrim m am lakatlarda (masalan, Buyuk Britani- 
ya, G erm aniy a, Niderlandiya, Belgiya) firma va b ank kreditla- 
rin in g oraliq shakli si fat icla uamoyon b o ia d i. Ushbu kredit tijorat 
krediti sifatida bitimlarga bogMiq b o ia d i, shuningdek, brokerlar 
b ank m ablag‘larini qar/ga olganlari uchun bank kreditiga ham 
aloqadordir. Brokerlarning vositachilik haqi odatda shartnom a 
su m m a sin in g 1/50—1/32 qismini tashkil qiladi. Buyuk Britani- 
yada brokerlik firm alarining alohida assotsiatsiya tashkil etil- 
gan. Brokerlar jahon bozoridagi holat to ‘g ‘risidagi m a ’lumotga 
ega b o iish a d i. Ular kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan 
tashqari sotib oluvchilarning to i o v qobiliyatlari yuzasidan kafo- 
latlarni h a m taqdim etadilar. H ozirda broker kreditlarining tashqi 
savdodagi roli pasaygan.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin