-ganda, gan+vaqtda (paytda, chog’da...) shakllari bilan birikkan ergash gaplarda komponentlardagi voqelik bir vaqtda yuz beradi.
3. -gan+zamon (on, hamon, zahoti...) shakllari bilan birikkan payt ergash gaplarda komponentlardagi voqelik tez almashganligi anglashi-ladi: Jang tugab, oltin zafar bizlarga gul tutgan zamon, Kush bo’lib oldingga uchmay intizor etsam, ulay (U.). "Qahramon" jamoa xo’jaligining chegarasi ko’ringan zamon, qizning yuragi orziqib ketdi (O.). Ko’cha eshik bo’sagasida Otash-dukchi paydo bo’lgan on, qizlar uning avzoyi buzuqligini payqab, darrov uy-uylariga tarqalishdi (O.).
Misollardan anglashiladiki, -gan+zamonda, -gan+zamonshakllari bir xil – sinonimik hodisalar emas.
4. -gan+dan keyin (so’ng). Bu shakllar orqali birikkan payt ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gapdagi voqelik bosh gapdagi voqelikdan oldin yuzaga kelgan bo’ladi: Rahmonqulov stol yoniga o’tirgandan keyin, Xumoxon pochta olib kirdi (Asq.M.). Turg’un o’zini tamoman to’xtatib olgandan so’ng, Mastonoy gap boshladi (O.).
5. -gandan beri (buyon, boshlab)shakllari orqali bosh gapga birikkan ergash gaplar harakatning boshlanish paytini, qachondan beri davom etayotganini anglatadi: Toshpo’latov rahbar bo’lgandan buyon, jamoada ko’p o’zgarishlar bo’ldi (R.F.). Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar (H.O.). Seni, Omon, ko’rgandan beri, ko’zlarimga uyqu kelmaydi (H.O.).
6. -guncha, -gun (-gan)+ga dovur (qadar)shakllari bilan bosh gapga birikkan ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gapdagi harakat ergash gapdagi harakat boshlanishidan oldin yuzaga kelganligi ifodala-nadi: Vadakachka bitgunga qadar, ariq tayyor bo’ldi (A.Q.). Rahbar idorasiga chaqirgunga dovur, ular ko’p narsani gaplashib olishdi (“S.”). Mazmun hamda shakl jihatidan go’zal kitob yozilguniga qadar, ular shu zaylda ishladilar ("K.D".).
7. -gan edi, -gan ediki, -gan ham ediki, -ganicha yo’q ediki, -ganicha ham yo’qshakllari bilan bosh gapga birikadigan ergash gapli qo’shma gaplarda voqealarning odatdagidan tez yuzaga kelganligi, biridan ikkinchisiga tez ko’chishi kabi mazmunlar ifodalanadi: Saida o’rnidan turgan edi, Nosirov to’xtatdi (A.Q.) Saodat bilan Vohid tutga yetgan ham edilarki, chelaklab kuya boshlagan yomg’ir birdan to’xtadi (O.Y.). Shoir she'rni o’qib tugatganicha ham yo’q ediki, atrofdagilar qarsak urib yubordilar (O.). U shu suvdan ichmoqchi bo’lib, suvdonni to’latgan -ham ediki, qush qanot qoqib suvni tukib yubordi ("K.D".).
8. -r (-ar)+ekan (kan).Bu shakl bilan birikkan qo’shma gaplarda ergash va bosh gapning mazmuni bir vaqtda yuzaga keladi: U g’azabdan yallig’langan ko’zlari bilan qosh ostida unga tikilib turarkan, ro’pa-rasida, negadir, Xolmat Yunusovich gavdalandi (Asq.M.). Jumaboy xayr-xushlashar ekan, Umarali zo’raki iljayish bilan o’rnidan turdi (O.).
9. -sa. Bu bog’lovchi orqali birikkan ergash gap ham payt, ham shart ma'nosini ifodalashi mumkin. Agar payt ma'nosi ifodalansa, ergash gap mazmuni bosh gapning mazmuni bilan bir vaqtda yuzaga kelgan bo’ladi; bir vaqtning o’zida ham payt, ham shart mazmuni ifodalanganda, ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan oldin yuzaga keladi; payt mazmunini ifodalagan ergash gaplardagina -sa o’rnida -ganda, gan vaqtda kabi shakllarni qo’llash mumkin bo’ladi: Sizni ko’rsam (ko’rga-nimda, ko’rgan paytda), boyning qizi bo’lganimga o’zim ham afsus qilib ketaman (O.). Yuzingni bir ko’ray desam (kurmoqchi bo’lganimda), qo’lingni pardalar qilding (Zavqiy). U kelsa, men yo’q ekanman.