SABAB ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
reja:
1. Sabab ergash gapli qo’shma gapning ta'rifi.
2. Sabab ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar va gap
komponentlarining o’rinlashish tartibi.
3. Ergash gapli qo’shma gapga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish sabab-larini anglatadigan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. Masalan, Ob-havo noqulay kelganligi uchun, chigit ekish kechikdi gapidagi ergash gap (birinchi komponent) bosh gapdagi voqelikning yuz berish sababini anglatgan.
Sabab ergash gapni, kesimi shaklan bosh gapga nisbatan tobe yoki mustaqilligi nuqtai nazaridan, ikkiga ajratish mumkin: a) kesim shakli orqali bosh gapga bog’lanadigan ergash gaplar, b) bog’lovchilar orqali bosh gapga bog’lanadigan ergash gaplar.
Kesim shakli orqali bosh gapga bog’lanadigan sabab ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. uchun: Dunyoni tark etmagayman, dunyoda sen bor uchun (U.). Kichik ariqqa hali suv kelmagani uchun, Gulnora chelak ko’tarib katta ariqqa jo’nadi (O.).
2. sababli:. Snaryadlar birin-ketin portlaganligi sababli, yer larza-ga keldi (I.R.). Kuzgi shudgor sifatli bo’lganligi sababli, hosil yaxshi bo’ldi (gazeta).
3. tufayli: Dushman keltirgan talofat tufayli, temir yo’l izdan chiqqan edi (O.). Do’l yoqqanligi tufayli, ko’chat zararlangan edi (O.).
4. -gan (lig)+idan: Jim keta berish noqulay bo’lganligidan, Saida gap boshladi (A.Q.). Bu kun chorshanba bo’lganidan, bozor, ayniqsa, qizigan (O.). Nuri gapga e'tibor qilmaganidan, Yormat endi qizga qarab so’zlay boshladi (O.).
5. -mi. Bu shakl bilan shakllangan ergash gaplar gumon, noaniq sabab anglatadi: Atrofda noxush voqealar yuz berayotganligidanmi, shoirning ko’ngli g’ash edi (O.). Kim biladi, o’qish unga juda ham oson ko’rindimi, hech kim bilan kengashmay, idora eshigiga shunday bir e'lonnoma osib qo’ydi (A.Q.).
Dostları ilə paylaş: |