Jadval egasi va kesimi. Jadval maketi. Jadval sarlavhasi



Yüklə 75,93 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü75,93 Kb.
#204412
1   2   3   4   5
Baltaeva Munojat

3 – Topshiriq: Atamalarga ta’rif yozish va ularni o‘zlashtirish.
Analitik guruhlash- Analitik guruhlash – belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tasvirlovchi guruhlash. 
Statistik ko‘rsatkich – ommaviy hodisa va jarayon me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tasvirnomasi). 
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir. Dinamika nisbiy ko‘rsatkichlari – turli vaqt davrlariga tegishli ko‘rsatkichlar nisbati hosilasidir. Intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari – hodisaning turli belgilarini taqqoslash natijasi bo‘lib, bir belgi qiymatining bir birligiga ikkinchisining qancha birligi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. 
Arifmetik o‘rtacha deb, shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga 
aytiladiki, u bilan belgining ayrim 
qiymatlarni almashtirilsa, ularning umumiy yig‘indisi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari soniga nisbatan proportsional taqsimlanishi zarur. 
Tortilgan arifmetik o‘rtacha – o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni ularning to‘plamda uchrashish soni bilan tortib olib hisoblangan o‘rtachadir. 
Geometrik o‘rtacha deb shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga 
aytiladiki, u bilan o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni 
almashtirish natijasida bu miqdorlarning o‘zaro ko‘paytmalari natijasi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari bo‘yicha geometrik professiya bo‘yicha taqsimlanishi zarur. 
Garmonik o‘rtacha deb shunday o‘rtacha miqdorga aytiladiki, u bilan 
o‘zgaruvchilarni almashtirayotganda ularning teskari qiymatlari yig‘indisi o‘zgarmas miqdor deb qaraladi. 
Tuzulmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar – taqsimot qatorida ma’lum o‘rinda 
joylashgan varianta qiymati tushuniladi. 
Mediana – to‘plamni teng ikki qismga bo‘luvchi belgi qiymatidir. 
Variasiya – qator hadlarining tebranuvchanligi, varianta qiymatlarining 
o‘zgaruvchanligidir. 
Variatsnon kenglik – taqsimot qatorining eng katta va eng kichik variantalari 
orasidagi farq. 
Dispersiya – qator variantalari qiymatlari bilan ularning arifmetik o‘rtachasi 
orasidagi tafovutlar kvadratlaridan olingan arifmetik o‘rtachadir. 


Yüklə 75,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin