3-Laboratoriya Mavzu: Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish Ishdan maqsad: – Excel dasturidan foydalanib iqtisodiy masalalarni yechish va ularnini tahlil qilish. Funksiyalardan foydalanish.
Lobaratoriya mashg‘ulotni bajarish tartibi: Kompyuterni ishga tushiring.
Uslubiy ko’rsatmalar: Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan.
Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z ichiga olgan.
Formula kiritish Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.
Bir katakni belgilang.
Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.
Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.
Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang.
4. A1 katakning qiymatini 3 ga o’zgartiring.
Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri!
Formulani tahrirlash Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar qatorida ko’rsatadi.