Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shahri, IV mavze
|
Kafedra:
|
Adabiyotshunoslik
|
“Filologiya” fakulteti
|
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:
|
5220000– gumanitar fanlar
|
5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
Fil.fan.n., dots.
Qoyliyeva G.N.
|
e-mail:
|
gkuyliyeva@mail.ru
|
Dars vaqti va joyi:
|
Bosh bino
424- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
06.09.2014-20.01.2015
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Seshanba va juma kunlari 15.00 16 00 gacha
|
Fanga ajratilgan
Soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
105
|
Ma’ruza:
|
24
|
Amaliyot
|
24Q24
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi :
|
Adabiyot nazariyasi, Adabiyot tarixi, Adabiyotshunoslikka kirish, Falsafa, Tarix fanlari
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – 5120100 – o‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni qadimgi va so‘nggi davr jahon adabiy jarayonidagi yangiliklar, proza, poeziya, dramaturgiya sohasidagi o‘ziga xos yangilanish, rivojlanish va kamchiliklar bilan tanishtirish, shuningdek, Antik davr adabiyoti taraqqiyotidagi muhim bir bosqichda ijod qilgan yozuvchilarning katta bir avlodi haqidagi tasavvurlarni yanada chuqurlashtirish. “Jahon adabiyoti” fani taraqqiyoti, adiblarning faoliyati, yangi davr adabiyotining shakllanish bosqichlari, adabiy asarlar badiiy xususiyatlarini o‘rganish, milliy iftixor tuyg‘usini shaklantirish. Mazkur fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – adabiy jarayondagi asosiy tamoyillar yuzasidan chuqur bilim berish, epik, lirik, dramatik asarlarning hozirgiidavr bilan bog‘liq qirralarini, xususan, milliy istiqlol g‘oyachlariga dahldor jihatlarini talabalarga uqtirish kabilar mazkur fanning aosiy maqsadi hisoblanadi.
Fanning vazifasi -
eng muhim epik, lirik, dramatik asarlarni tahlil qilish;
adabiy tanqidchilik bilan hozirgi adabiy jarayonni bog‘lab tushuntirish;
bugungi adabiyotda kechayotgan jarayonldarni tahlil qilish;
o‘zbek adabiyotining bugungi holini dunyo adabiyotida kechayotgan jarayonlarga qiyoslash;
talabani badiiy asarni tushunib, anglab, tahlil qilib o‘qishga o‘rgatish;
badiiy ijod falsafasini, psixologiyasini adabiy siymolarning ijod labaratoriyasi misolida tushuntirish vva boshqa qator masalalar ushbu fanning vazifalariga kiradi.
|
|