Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Ulug‘bek HAMDAM: 
Ustoz, nazarimda, har qan cha 
sodda tuyulmasin, baribir, bir savol barcha zamonlar 
uchun qaysidir darajada muhim bo‘lib kelgan, barcha 
zamonlar o‘sha savolga baholi qudrat javob berish-
ga uringan. Savol taxminan shunday: «Umuman, she’r 
nima? Uning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati nima-
lardan iborat?..» Javob ming yillardan beri qidiriladi. Ja-
vob topilmaydi emas, topiladi. Biroq vaqt o‘tgan sayin 
javoblarning ohori to‘kiladi. Yangi davr, yangi kayfiyat 
tug‘ilishi bilan esa ohori to‘kilmagan javoblarga ehtiyoj 
seziladi. Aslida, yangi javobning mohiyati eskisidan hech 
qancha farq qilmaydi, hamma gap shundaki, javobni 


128
129
har bir davr o‘z tushunchalari, belgilari bilan bezaydi. 
Chunonchi, Aristo tel o‘z davrida poeziyaning, umuman, 
adabiyotning mohiyatida «katarsis», ya’ni poklanishga 
intilish mavjud degan bo‘lsa, XX asrga kelib uning yo-
niga, masalan, she’r (umuman, adabiyot) kishini yolg‘iz-
likdan asraydi yoxud insonning ruhiy muvozanatga eri-
shuvida yordamchi bo‘ladi deganga o‘xshash yorliqlar 
qo‘shib qo‘yildi. Chunki aynan XX asrga kelib inson o‘z 
yolg‘izligini teranroq his qila boshladi-da. Boshqacha 
aytadigan bo‘lsak, qaysi asrda-yu qaysi davrda qanaqa 
o‘y-dard birlamchi bo‘lsa, adabiyot-u san’at ham shuni 
ko‘proq ifoda etadi. Alaloqibat har bir davr she’rni o‘zi-
ga qarab turgan qirrasining ismi bilan atay boshlaydi. 
Vaholanki, u ko‘p qirralidir. Shunday emasmi?..
Umarali NORMATOV:
She’rga qarash davrga qarab 
yangilanib boradi degan fikrga qo‘shilaman. Shu bilan 
birga, har bir izlanuvchi shoirning umri davomida she’r ga 
qarashi betinim o‘zgarib, yangilanib borishi ham mum-
kin. Uzoqqa bormay, o‘z milliy shoirlarimiz ijodiy tajriba-
sidan bir misol keltiray. XX asr o‘zbek adabiyotida o‘ziga 
xos o‘rin egallagan shoir Asqad Muxtor 1965-yili shunday 
yozgan edi: «She’r – turmush o‘chog‘idan olingan laxcha 
cho‘g‘, u hayotiy epizodga asoslangan, syujetli bo‘lishi 
kerak deb she’rning bo‘lak turlarini tan olmay qancha yil 
yurdim; she’r – yalt etgan oniy tuyg‘u, zavq-shavq tug‘yo-
ni, uni faqat musiqa janrlari bilan qiyos qilish mumkin 
degan ruhda ham ancha vaqt ishladim; she’r hayot falsa-
fasining essensiyasi, fikr, fikr, fikr! Fikrsiz poeziya yo‘q deb 
anchagacha biryoqlama, ratsionalistik she’rlar yozdim...» 
Shoir davom etib: «Bu to‘lg‘onishlar menga ba’zan ziyon, 
ba’zan foyda qildi. Lekin bir narsada fikrim sira o‘zgarga-
ni yo‘q: she’r – zaruriyat, shoirga ham, she’rxonga ham... 
She’r odamning yashashi uchun, kurashishi, ulg‘ayishi 
uchun zarur», – deydi.
Paradoksni qarangki, san’atning, jumladan, she’ri-
yatning ko‘pqirrali ekanligini deyarli barcha shoirlar
she’rshunoslar e’tirof etishadi. Biroq san’at asarining, 
she’rning mafkuraviy jihatiga kelganda darhol chekla-
nish-chegaralanish boshlanadi. Mafkuraviy yondashuv 
ustuvor bo‘lgan XX asr adabiyotida, xususan, o‘zbek 
she’riyatida bu hol juda chuqur va mudhish asoratlar 
qoldirdi. Ayniqsa, she’riyatdagi yangicha, noan’ana-
viy izlanishlarga, modernizmga munosabatda bu juda 
yaqqol ko‘rindi.
Shu o‘rinda modernizm va uning XX asr jahon adabi-
yotidagi mavqeyi, o‘zbek adabiyotidagi ko‘rinishi, tadriji 
xususida ozgina to‘xtalib o‘tsak.
Modernizm XX asr jahon adabiyoti, san’atida mu-
him hodisa, uning asl qiyofasini belgilovchi omil eka-
ni, M. Prust, F. Kafka, J. Joys, Eliot, E. Paund, A. Kamyu 
kabi yangi oqim, yo‘nalishlarga mansub ijodkorlar so‘z 
san’ati rivojida butunlay yangi davr ochgani hech kim-
ga sir emas. Jahonning turli mintaqalarida ularning yuz-
lab-minglab maslakdoshlari, izdoshlari, davomchilari bor. 
Modernizm shunchaki adabiy-badiiy eksperiment-tajriba, 
shakliy-uslubiy izlanish natijasi emas, balki u dunyoni, in-
sonni yangicha ko‘rish, tushunish, anglash, anglatishning 
o‘ziga xos falsafiy-nazariy asoslariga ega; Shopengauer, 
Nitshe, Bergson, Freyd, Yung, Xaydegger, Sartr, Kamyu 
kabi g‘oyat
 
xilma-xil ilmiy-falsafiy maktab asoschilarining 
ta’limoti yoki g‘oyalari yangicha ada biy oqim, yo‘nalishlar 
uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi o‘zbek 
ada biyoti, asosan, ma’rifatchilik realizmi, umuman, re-


130
131
alizm ko‘rinishida, aniqrog‘i, XX asr jahon, birinchi gal-
da, Ovrupa realistik adabiyoti tajribalari yo‘lidan bordi. 
Shunisi qiziqki, 20-yillardayoq Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, 
Hamza singari peshqadam o‘zbek adiblari ijodida XX asr 
jahon adabiyoti adabiy tafakkuridagi eng yangi jarayon-
larga ohangdosh xususiyatlar, aniqroq qilib aytadigan 
bo‘lsak, modernistik oqim-yo‘nalishlar belgilari namoyon 
bo‘la boshladi. Bu tasodifiy emas. Bu davrga kelib o‘z-
bek adiblari jahon adabiyotidagi yangi jarayonlar bilan 
yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday ta-
nishuv xilma-xil yo‘llar orqali amalga oshdi. Eng muhimi, 
qator adiblarimiz o‘sha qizg‘in
 
yangi jarayonlar yuz bera-
yotgan, ular haqida jo‘shqin bahs-mulohazalar ketayot-
gan yurtlarda yashab, o‘qib, ishlab, o‘shanday yangila-
nishlarning guvohi, hattoki ishtirokchisiga aylangandilar: 
Fitrat avval Turkiyada, keyin Moskva va Leningradda bo‘l-
di, Hamza haj safari bahonasida ko‘plab mamlakatlarni 
kezdi, Qodiriy bilan Cho‘lpon bir necha yil Moskvada 
yashadi, Oybek Leningrad ta’limini oldi, Qodiriy, ayniqsa, 
Cho‘lponning Moskva taassurotlarini, u yerdagi ma’na-
viy-adabiy hayotga doir maqolalarini, ulardagi nozik ku-
zatishlarni, Oybekning Neva bo‘ylarida tug‘ilgan lirikasini 
eslang. Bular shunchaki bir taassurot, qaydlar emas, balki 
yorqin iste’dodlar ko‘nglida kurtak yozayotgan yangi cha 
adabiy mayllar, badiiy-estetik prinsiplarning nishonalari-
dir. O‘sha kezlardayoq ular yaratgan asarlarda zamona-
viy Ovrupa adabiyotidagi yangi adabiy-badiiy oqimlar, 
ularga xos eng «yangi priyomlar» u yoki bu ko‘rinishda 
namoyon bo‘la boshladi. Modernizm san’ati, adabiyoti-
ga oid futurizm, simvolizm, ekspressionizm singari qator 
tushuncha, atamalar tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Fitrat 
1926-yili chiqqan «Adabiyot qoidalari»da ularning ay-
rimlarini o‘zicha sharhlashga harakat qildi. Bugina emas, 
«so‘nggi priyomlar», she’riyatdagi simvolizm masalalari-
da «qizg‘in bahslar boshlandi. Xususan, Cho‘lpon bilan 
Qodiriy bu muammoga o‘z davrida naqadar teran, oqi-
lona, xayrixohlik bilan yondashganlarini bilamiz. «Ko‘ngil 
yangilik qidiradir», «Modomiki, biz yangi davrga oyoq 
qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sinda ham yangi davrning 
yangiliklari ketidan ergashamiz» – bu so‘zlar Cho‘lpon 
bilan Qodiriyning adabiy-badiiy manifestlari edi. Hatto 
Qodiriy Ovrupa tushunchasidagi an’anaviy yo‘lda bitilgan 
«O‘tkan kunlar»ga «so‘nggi priyom»larning ba’zilarini 
ertaroq kiritganini aytadi. Romandagi Zaynab, Xushro‘y 
xarakteri, ruhiyati tasvirida, Otabekning «Xo‘ja Ma’oz» 
mozoridagi tungi kechinmalari, Kumush qabri qarshisida 
Zaynab bilan so‘nggi uchrashuvi ifodasida imo-ishora-
larga, sir-sehrga mo‘l, g‘aroyib yangicha talqinlarga duch 
kelamiz. Adibning keyingi yirik asari – «Mehrobdan cha-
yon», ayniqsa, «Obid Ketmon»da, tanqidchilikda ta’kid-
langanidek, jahon zamonaviy yangi adabiyotiga xos izla-
nishlar, «so‘nggi priyom»larning talay belgilari, ya’ni ichki 
monolog, ichki psixologik tahlil, shaxsning ichki shaklla-
nishi, shaxs tabiatining sirli-sehrli nag‘malari, syujetning 
«istalgan» yerda boshlanishi va «istalgan» yerda tugashi, 
kutilmagan yangi voqea chiziqlarining kurtaklanishi kabi 
ekspe riment holatlarni kuzatamiz.
Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va 20-yillarda ular izidan bor-
gan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda 
Ovrupa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy 
hodisa darajasiga ko‘tarila boshlaganligini tasdiqlaydi. 
Fit rat, Cho‘lpon she’riyatini XXI asr boshida turib o‘qib, 
ulardagi qoliplarga sig‘maydigan asov ruhni ko‘rib bu 
ikki shoir o‘z muhitiga, davriga nisbatan naqadar ilgarilab 


132
133
ketganligidan hayratga tushasiz. Bugina emas, Fitratning 
«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni», Hamzaning 
«Jahon sarmoyasining eng so‘nggi kunlari» singari ramz-
lar asosiga qurilgan yirik asarlari 20-yillardayoq o‘zbek 
adiblari G‘arb yangi adabiyoti bilan bo‘ylasha oladigan 
namunalar berganligini tasdiqlaydi...

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin