134
135
60-yillarga kelib ijodiy izlanishlar, bosib o‘tilgan yo‘lni
qayta baholash uchun qisman yo‘l ochildi. Biroq «qo‘rquv
saltanati», hadik tuyg‘usi hatto eng yorqin izlanuvchan
ijodkorlarni ham hamon o‘z iskanjasida tutib turardi.
Ba’zi misollar. Oybek o‘sha kezlari bitilgan tarjimayi holi-
da shunday deydi: «Mening birinchi she’rlarimda ko‘pgi-
na qarama-qarshiliklar, izlanishlar uchrab turardi. Davr-
ning eng muhim voqealariga hamohang she’rlar bilan bir
qatorda sababsiz mungli nido bilan sug‘orilgan mavhum
she’rlarim ham bor edi... «Tovushim» nomli she’rimda
uzil-kesil shunday deganman: «Kurashadi ikki to‘lqin, qa-
rab turaymi? Yo‘q! Bolg‘alar, o‘roq safi ila boraman!» Men
hamma vaqt «qo‘llarida bolg‘a ushlaganlar» to‘g‘risida
yozishni orzu qilardim».
Shu tariqa Oybekdek ulkan iste’dod egasi davr tazyiqi
ostida ilk ijodidagi o‘zining noyob izlanishlari samarala-
ridan yuz o‘girishga majbur bo‘ladi. Qarangki, shoir o‘zi
xush ko‘rgan «davrning eng muhim voqealariga hamo-
hang», «qo‘llariga bolg‘a ushlaganlar» to‘g‘risidagi she’r-
lari allaqachon eskirdi, ahamiyatini yo‘qotdi; muallif sal-
biy baholagan «voqelikdan yiroqlashtiradigan», «sabab-
siz mungli nido bilan sug‘orilgan mavhum she’rlar»i esa
XXI asrga yetib keldi, hozirgi she’rxonlarni, she’riyat tad-
qiqotchilarini ayni o‘shanday ko‘ngil taronalari ko‘proq
maftun etayotir... Adabiyot dunyosi qiziq ekan-da, ba’zan
shoirning o‘zi ham to‘g‘ri degani noto‘g‘ri, noto‘g‘ri dega-
ni haqiqat bo‘lib chiqarkan.
Butun umri ijodiy izlanishlar bilan kechgan, ayniqsa,
60-yillar milliy she’riyatimiz tafakkur tarzida yuz bergan
muhim o‘zgarishlar boshida turgan, «99 miniatyura» ki-
tobi bilan katta e’tibor qozongan
novator shoir Asqad
Muxtor ham o‘sha davr zamonaviy jahon she’riyatidagi
noan’anaviy izlanishlarni aslo hazm qila olmaydi, mo-
dernistik yo‘llardan borayotgan shoirlarni she’riyatning
o‘z ichidan chiqqan «ashaddiy dushmanlari», «lo‘ttiboz
abstraksionistlar», she’rni fikrdan ham, hisdan ham, man-
tiq va maslakdan ham mahrum qilishga, uni «yashash,
ulg‘ayish qurolidan shaldiroq o‘yinchoqqa aylantirishga
urinuvchilar» deya ayblaydi. Bu, albatta, davr adabiy si-
yosatining, maf kuraviy-siyosiy tazyiqlarining shoir shuu-
ridagi oqibat-asorati edi. O‘sha yillarda rasmiy doiralarda
modernizmga munosabat ayni shunday edi. Baxtimizga,
zamonlar o‘zgardi, johil mustabid adabiy siyosatning ta-
giga suv ketdi. Afsus,
ming afsus, bugungi erkin ijodiy
tafakkur zamonida ham modernizmga goho xushlamay,
o‘gay ko‘z bilan qarashlar uchrab turibdi. Iste’dodli tanqid-
chi Suvon Meli hech tap tortmay mana bularni yozadi:
«Anchayin ishonch bilan aytish mumkinki,
modernizm
G‘arb hodisasi sifa tida o‘zbek ma’naviy muhitida nash’-u
namo topa olmay di. Modernistik qora va tushkun kayfi-
yat bizda ildiz ota olmaydi. Sharqona islomiy ma’naviyat,
o‘zbek ma’naviyati bunga yo‘l qo‘ymaydi». Atoqli adi-
bimiz Odil Yoqubovning fikricha, har bir xalqning faqat
adabiyot va san’atigina emas, kundalik turmushi ham
har xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada bambuk degan daraxt
o‘sadi. Afrika va Janubiy Amerikada kokos yong‘og‘i
va
kaktus o‘sadi. Bu mamlakatlar aholisi ana shu ne’mat-
larni jon-dillari bilan iste’mol qilishadi.
Bu daraxtlarni
ildiz-pildizlari bilan ko‘ chirib olib kelib, o‘zimizda eking,
xalq ularning mevasini tili tamshanib iste’mol qilarmi-
kan? Yo‘q. Iste’mol qilmaydi. Bizning bobolarimiz ular
o‘rniga qovun ekishgan. Bizning ajdodlarimiz va o‘zimiz
ham shirinligidan odamning tilini kesadigan shu qovun-
larni iste’mol qilib balog‘at yoshiga yetganmiz. Mening
136
137
nazarimda, Abdulla Qodiriy va Cho‘lponning asarlari
ana shu qovunlarni eslatadi...»
Dunyoni, milliy madaniyatlar, san’at va adabiyotlarni
«G‘arb» va «Sharq» deb keskin ajratish, ularni bir-biriga
qarama-qarshi qo‘yishdan qachon qutular ekanmiz!?
Milliy qadriyatlar, an’analar qanchalik rang-barang bo‘l-
masin,
dunyo bitta-ku, jamiki elatlar, butun bashariyat
bitta Odam Ato bilan Momo Havvoning zurriyodi-ku!
Dunyoning biron chekkasida, biron millat madaniy hayo-
tida paydo bo‘lgan noyob badiiy ixtiro, xayrli tajriba bos-
hqa o‘lkalarga, milliy adabiyotlarga ko‘chib o‘tishi, u yer-
da ildiz otib, unib-o‘sib, yangidan hayot boshlab, nash’-u
namo topaverishi tabiiy bir hol. Yozuvchi aytmoqchi, Ab-
dulla Qodiriy, Cho‘lponning shirinligidan tilni kesadigan
qovunlarimizni eslatadigan asarlari tarkibida G‘arb me-
valarining ta’mi – elementlari to‘lib-toshib yotibdi-ku! Bu
jarayon g‘oyat tezlashmoqda. Odamzod shunga chuqur
ehtiyoj sezmoqda.
Odamlarning, xususan, yosh avlod-
ning yashash, fikrlash tarziga, ma’naviy
ehtiyojiga bir
nazar tashlang – har damda siz yangilikka – modernga
tashnalikni ko‘rasiz. Milliy adabiyotimizda modern yo‘na-
lishning qaror topib borayotganligi hayotiy ehtiyoj, zaru-
rat taqozosidir…
Modernizm o‘zbek muhitiga yot G‘arb hodisasi degan
gaplarni bugun, ya’ni plyuralizm adabiy hayotning tabiiy
hodisasiga aylangan, xilma-xil adabiy oqimlarning amal
qilishi
tabiiy bir hol bo‘lib qolgan, eng muhimi, noan’a-
naviy yangicha yo‘llar allaqachon nash’-u namo topgan,
milliy hodisa tusini olgan, uning muayyan yutuqlari ada-
biyotshunoslik tomonidan e’tirof etilgan, ular o‘z kitob-
xonlarini topgan, topayotgan kunlarda eshitish g‘alati
tuyularkan.
Dostları ilə paylaş: