Ulug‘bek HAMDAM: Mening nazarimda, yangi, mo-
dern she’r, avvalo, badiiy tafakkurdagi yangilanishdir.
Aslo qofiyadan, ritmdan ongli ravishda voz kechish emas.
Al batta, ana o‘sha yangilangan badiiy tafakkur mahsuliga
yangi libos – yangi shakl kiydirish agar shoirga muyas-
sar bo‘lsa, nur ustiga nur. Bo‘lmasa, bu shoirning aybi yo
kamchiligi hisoblanmasligi lozim. Yangi shakl, ifoda zo‘r
berish bilan emas, balki dunyoqarashdagi, olamni idrok
etishdagi yangorish bilan, badiiy tafakkur tarzimizdagi,
didimizdagi yangilanish bilan, demakki, ijtimoiy-tarixiy,
ma’naviy-psixologik zamindagi ulkan siljishlar bilan dun-
yo yuzini ko‘radi.
Shavkat Rahmon she’riyatini olaylik. U
an’ana zamini-
da yaratilgan yangi, original she’riyatdir. Bu she’riyat ning
an’anaga yaqinlik darajasi ancha yuksak bo‘lganidan bir
qarashda ko‘p ham original she’riyat bo‘lib tuyulmaydi.
Biroq adabiyot ilmi, badiiyat qonuniyatlari nuqtayi naza-
ridan hijjalab o‘rganilganda Shavkat Rahmon she’riyati-
ning o‘ziga xosligi ochila boradi va u, masalan, salaflar
she’riyatidan qaysi bir jihatlariga ko‘ra ajralib turishining
guvohi bo‘lamiz. Yoxud modernistik she’riyatimizning yi-
rik vakillaridan biri Bahrom Ro‘zimuhammad, hatto Faxri-
yor she’riyati biz ko‘nikkan an’a naviy lirikamizga nisbatan
g‘oyat original ko‘rinmasin, ular ham o‘z an’anasiga ega.
Boshqacha aytsak, bugun tobora kengroq yoyilayotgan
modernistik she’riyatning dunyo ada biyotida, jumladan,
o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni bor, u «havodan oziqlanayot-
gan gul» emas. Turkiy xalqlarimiz adabiyotini, qo‘lyozma-
larni varaqlab ko‘rganimizda ham shu holga duch kela-
miz: ajdodlarimiz aruzdan avval, hatto barmoqdan ham
avval sochmalar shaklidagi erkin vaznlardan foydalanish-
gan ekan. Bunga birgina misol – Turkiyada chop etilgan
«Chingizxonning maxfiy tarixi» nomli tarixiy asarga kiri-
tilgan turkumlarni olib ko‘ring... Qolaversa, vaqt aylanishi
bilan she’rning yangilanishi ham qonuniyat. Yangi davr,
yangi nasl kayfiyati... degandek. Tushunchalar, qadriyat-
larning turlanishi bor... Shu ma’noda she’riyatda yangilik
yaratgan shoir o‘z davrining jon tomiriga qalb qulog‘i-
ni tutib turgan va unga to‘g‘ri tashxis qo‘ya bilgan ijod-
kordir, bor-yo‘g‘i shu. Hodisani shishirib, unga ilohiy li-
boslar kiydirishga, shoirni salkam payg‘ambar atashga
hojat yo‘q. Shu bilan birga, uni kamsitishlik, «ha, endi
bir shoir-da...» deya ijodkorga mensimay munosabatda
bo‘lishlik ham kam deganda madaniyatsizlikdir. Birgina
fakt – haqiqiy shoirlik ko‘pchilik dardiga malham qo‘yish-
ga urinish ekanligining o‘ziyoq ijodkorlikning qanday
sharafli qismatligidan shohidlik beradi.