Umarali NORMATOV:
Siz juda muhim bir masalani
o‘rtaga qo‘yayotirsiz: haqiqatan ham «she’riyatda yangi-
lik yaratgan shoir o‘z davrining jon tomiriga qalb qulog‘i-
ni tutib turgan va unga to‘g‘ri tashxis qo‘ya bilgan ijod-
kordir». Bizda modern she’riyatni mavhum, zamondan,
zamona muammolaridan ajralib qolgan, shunchaki asov
kayfiyat, tuyg‘ularning asov ifodasi, anchayin bir eksperi-
ment, so‘z o‘yinlari, shaklbozlik deb qarash udumga ay-
langan. Sirtdan qaraganda shunday. Shunday deyishga
asos beradigan modern she’rlar ham yo‘q emas. Ammo
chin modern iste’dod egalari bisotida noyob qobiliyat
mahsuli bo‘lgan modern asarlar mohiyati, ruhiga teran-
roq kirib borganingiz sari o‘zgacha holni ko‘rasiz: ularda-
gi zamon ruhi, dardi ba’zi oshkora, sof ijtimoiy yo‘nalish-
dagi she’rlardan ko‘ra kuchliroq va teranroqdir. «Izohsiz
lug‘at» yoki Faxriyor dostonlarini bir eslab ko‘ring-a...
Ular yaxlit holda XX asr odamining, aniqrog‘i, asr oxiri-
156
157
ga kelib o‘zligini anglay boshlagan ma’nisiz o‘tgan hayot
yo‘lini shafqatsizlarcha tanqid elagidan o‘tkazayotgan
adashgan avlodning arzi holi, afsus-nadomatlaridir. U
faqat kechagi kuniga emas, hozirgi holatiga ham mardo-
na tanqidiy nazar tashlay oladi:
Aro yo‘l.
Vaqti
o‘tmayotgan odam iztiroblarin,
ikkilanishlarin suvga tashlaydi
tush kabi...
Yo‘l bilmagan odam,
adashgan odam
erkin bo‘lolmas
kishanlardan xalos bo‘lib ham...
Endi mana bu hayqiriq-alamli, dilo‘rtar nidolarga qu-
loq tuting-a:
Mohiyatni yemirib borar
so‘zlarning bu qadar beqadrligi.
Kecha dunyolarni yaratgan so‘z
bugun bozorlarda o‘tmaydi.
Kecha solih amallarga boshlagan kalom
bugun adashtirar fikrsizlik o‘rmonlarida.
Kecha suydirgan so‘z
bugun kuydirar.
Kecha mag‘zi butun bo‘lgan aqida
bugun o‘lib ketgan toshbaqaning
kosasiday bo‘m-bo‘sh yotibdi.
Kechagi alqashlar
bugungi qarg‘ish.
Kechagi umidlar
–
bugungi armon,
armon
–
qadrsizlangan umid.
Nihoyat, shoirning falsafiy umumlashmalari ham mar-
dona, o‘ta shafqatsiz:
Aslida, hidoyat –
nabiylarning adashishlari.
Sening adashishing nimadir
valilarning adashishlari oldida?
Sen qayon borursan muridi bo‘lib
o‘zi yo‘lni topolmay,
dunyoning bor gunohlarini
bo‘yniga olgan
piri murshidlarning ortidan?
Qaysi yo‘lga kirsang xatodir,
Kirmaslik – kufr.
Tarix xatolarning,
gunohlarning
solnomasidir.
Shoir xato va adashishlarga to‘la bu murakkab ko‘hna
dunyo nag‘malarini kuzatar, ular haqida alamli o‘y-mu-
shohadalarga to‘lar ekan, nihoyat, bir she’rida shunday
zalvorli, rumiyona savolni o‘rtaga tashlaydi:
Kimni olib ketdi bu fano,
Senimi, sendagi meni yo?
Menmi, senmi, ayt-chi, kim qani,
Qaysimizda adashdi dunyo?
158
159
Bu zalvorli savolning javobi ham jumboqlar bilan lim-
mo-lim:
Topmoq uchun izlamasliging,
Izlash uchun topmog‘ing darkor.
Bu tuyg‘ular
naqadar chigal,
Har chigali bir sirtmoq arqon.
Men o‘zimni senda suyarman,
Goho topib, goho topmayman.
Seni topganimdan kuyarman,
Kuyadirman topmagan sayin.
Qiziq hol, «Ayolg‘u» kitobini sinchiklab varaqlasangiz,
«sof modern» bitiklardan sekin-asta, bosqichma-bosqich
an’anaviylik tomon og‘ishni kuzatasiz. «Izlam» sarlavhali
«Rumiyona» deya izohlangan she’rda bu jarayon go‘yo
intihosiga yetgandek tuyuladi... Asov tuyg‘ular endi tar-
tibga – muayyan tizimga tusha boshlaydi, tinish belgilari
o‘z joyini topadi. Biroq ruh – ichki mohiyat, dunyoni yan-
gicha ko‘rish, butun murakkabligi, chigalliklari bilan idrok
etishga bo‘lgan mayl-ishtiyoq o‘zgarishsiz qolaveradi.
Muhimi shu!
Dostları ilə paylaş: |