164
165
Ushbu she’rning «boshqachaligi» uning o‘ziga xos
ohangida mujassam. She’rning mazmuni yordan bir mud-
dat yiroq tushgan oshiqning iztiroblaridan iborat. Bor-
yo‘g‘i shu. Biroq iztirob kutilmagan, avvalgilarga o‘xsha-
magan nola bilan ifoda qilinganidan beixtiyor yodimizda
qoladi. Ha, she’riyatning qudrati aynan shu yerda – kutil-
maganlikda, ohori to‘kilmagan, tesha tegmagan usullarda,
hali hech kim yig‘lab ko‘rmagan nolalarda, hali hech kim
sevinib ko‘rmagan sevinchlarda, hali yashalmagan tuyg‘u-
lar titrog‘ida... Yuqoridagi bandda qofiya, ichki qofiya har
qancha siyqalangan (sendan-mendan, menga-senga)
bo‘lsa-da, u kechinma tabiiyligi zamirida pardozlanib ke-
tadi, natijada shoir-u o‘quvchi o‘rtasida samimiy munosa-
bat quriladi. She’r bitta she’r, biroq u ikkita alohida-alohida
ohang bilan jaranglamoqda. Ya’ni bir she’r ning ichida ikki
xil musiqa, ikki xil yondashuv – ikkita ovoz yashiringan-
dek: «Yiroqlashdim, uzoqlashdim, bir necha kun sendan»
– bu birinchi ovoz. «Hol so‘rab ko‘r mendan» – ikkinchi
ovoz. Har bir ovoz o‘z ohangiga ega. Birinchi ovoz nima
voqea yuz berganini hikoya qilib bermoqda, misraning
ko‘p bo‘g‘inlardan (14 ta) iborat ekanligi ham hikoyabob-
lik uchun atay tanlangan. Ikkinchi ovoz – yorga bevosita
murojaat. Biroq har ikki ovoz ham oshiqniki. Faqat dard
– hijron azobi zo‘r kelganda yurakdan otilib chiqayotgan
oh-nola bo‘laklarga bo‘linib ketmoqda. Yoki «Tabiatga»
deb nomlangan she’rdan o‘qib ko‘ring:
Kel, malak, kel, kel, pari, kel, kel, o‘pay bir erkalab,
Kel, quyosh chiqquncha o‘ptir... kel, o‘pay bir ertalab.
Bu she’rning ham yo‘q deganda yarim kuchi, yarim
harorati uning ohangida, ohangining o‘ziga xos o‘ynoqi-
ligida. Shu ma’noda aytish kerakki, she’riyatimizdagi bu-
gungi modernistik intilishlarda ko‘pincha ohang men-
silmayotganining guvohi bo‘lmayapmizmi? Bu o‘rinda
ohangni faqat bir xil miqdordagi ritmlar yig‘indisi yo qo-
fiyadan iborat deb tushunmasligimiz lozim. Men tuyg‘u
ohangini nazarda tutyapman. Har qanday yaxshi she’r
ana shu ohangdan istisno emas. Ayniqsa, noan’anaviy,
bugun biz mo dern deya
e’tiborga havola etayotganimiz
she’rda ichki, tuyg‘u ohangi bo‘lmas ekan, u bo‘laklanib
ketadi.
Oybekning 20-yillar oxiri va 30-yillar avvalida yozgan
simvolistik she’rlarini alohida urg‘ulab o‘tishni istar edim.
Shoir «Ko‘ngil she’rlari»ning aksari juda jozib tuyg‘u
asosiga qurilganki, ularni ko‘nikilgan usullarda birdani-
ga va birvarakayiga tahlil qilib tushunish, tushuntirish
birmuncha mushkul. Bunday she’rlar ramzlarga qorish-
gan, ramzlarga aylangan tuyg‘u tilini nozik tushunishni
taqozo etadi. Hatto bu ham kamlik qiladigandek, o‘quv-
chi o‘z muhitidan qabul qilib olgan va badiiy tafakkuri-
da me’yorlashgan, qat’iylashgan ayrim dogma nuqtayi
nazarlar qafasini parchalab tashlab she’rni o‘qishga tu-
tinmog‘i lozim. Shundagina omad kulib boqib, san’at
asari o‘quvchiga o‘z bag‘rini ochishi mumkin. Ehtimol,
shun dagina san’at asarini, Aristotel aytganidek, tabiatga
taqlid va undan olingan nusxagina deb emas, balki tabi-
atga, voqelikka muqobil, u bilan baravar bellasha oladi-
gan o‘zga bir muvoziy (parellel) voqelik deyishi ma’nisini
ko‘proq tushunib yetarmiz...
Dostları ilə paylaş: