172
173
Shoirning qator she’rlarida keraksiz, ortiqcha, o‘rinsiz
tuyulgan tinish belgilari, ayniqsa, tire, vergul bu yerda
fikr, tuyg‘u izhori-ifodasi uchun zaruriy element, poetik
vositaga aylanadi. Ehtimol, misralardagi gap tuzilishi qo-
idaga unchalik mos emasdir, biroq «qoidaga uncha mos
bo‘lmagan» ana shu misralar lirik qahramon ko‘nglida-
gi asov tuyg‘ular, kechinmalar ifodasiga nihoyatda mos.
Buni chinakam poetik ixtiro deyish mumkin. Shu kabi eng
yaxshi asarlar bugungi modern she’riyatida poetik ohang
masalasini tadqiq etish uchun yetarli asos bo‘la oladi deb
o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: