174
175
anglash, idrok qilishimizni taqozo etganida sekin-asta
ma’naviy hayotimiz harakatga keladi. Shu vaqtgacha
ma’lum ma’noda turg‘unlashib qolgan qadriyatlar ham
o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alib, tuslanishga yuz tutadi. Jamiyat-
dagi qadriyatlarning o‘zgarishi esa inson botinini hara-
katga keltiradi va qaysidir ma’noda dunyoni qayta baho-
lash jarayoni kechadi. Natijada ilgari bizni quvontirgan,
ko‘ngil va ongimizga zavq-u shavq olib kirgan narsa va
hodisalar endi judayam g‘arib ko‘rina boshlaydi. Ko‘ngil,
Cho‘lpon aytganidek, yangilik qidirishga tushadi. Chun-
ki zamon bilan hamnafaslikka ehtiyoj sezadi-da. Ha, in-
son o‘zi mansub bo‘lgan davr bilan yonma-yon yurmas,
zamon nafasini o‘z hayotida his qilib yashamas ekan, u
o‘zini baxtsiz sezaveradi. O‘tmishda yaratilgan har qan-
day buyuk asar o‘zining har qancha ulug‘ligi va fazila-
tiga qaramay, ba ribir, bugungi kunni to‘la ma’noda aks
ettirolmaydi. U ma’naviy, lekin tarixiy qadriyat sirasiga
kiradi. Shunga ko‘ra ham zamonning qaynoq nafasi ufu-
rib turgan asarlarga, shu kunning asarlariga har doim
alohida talab bo‘ladi. Cho‘lpon Navoiydek dahoni o‘qib
ham ko‘ngil taskin topmaydi deb yozganini «Navoiydan
qoniqmaslik» deb tushunmaslik kerak. Cho‘lpon dunyo-
ga va odamzodga tegishli bo‘lgan asosiy qirralar Navoiy-
da go‘zal tarzda aytilganini judayam yaxshi biladi. Biroq
qidirgani – shu «qirralar»ni o‘zi yashab turgan zamon
nuqtayi nazaridan turib yangi zamon belgilari vositasida
yoritilgan asarlar edi. Ha, u zamon nafasiga ehtiyoj tuy-
gan edi... Va bu ehtiyoj yangilangan badiiy tafakkurdan
tug‘ilayotgandi. Ehtiyoj mavjud ekan, san’at, adabiyotda
ham yangilanish bo‘laveradi.
Dostları ilə paylaş: